Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
O\'zbek folklori P

– 120 –
– 121 –
o‘zbek, qozoq, tojik versiyalarini XVIII asrdan keyin 
shakllangan, deb hisoblaydi va ozarbayjon, turkman 
versiyalaridagi umumiy kompozitsiya yangi sharoitga tushib, 
butunlay o‘zgarib ketganligi haqida mulohaza yuritadi
1
.
Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan fikrlar, asosan, faraz 
tariqasida aytilgan, yetarli darajada ilmiy dalillanmagan. 
Ayni paytda, shoir O.Sulaymonov, shuningdek, ozarbayjon 
folklorshunosi M.Seyidov umumturkiy «Go‘ro‘g‘li/
Ko‘ro‘g‘lu» genezisi yuzasidan o‘rtaga tashlagan fikrlar 
bilvosita o‘zbek «Go‘ro‘g‘li»siga ham tegishlidir. Ya’ni 
O.Sulaymonov Go‘ro‘g‘li so‘zini «Quyosh o‘g‘li» deb talqin 
etadi va bu obrazni qadim Misrdagi quyosh o‘g‘li (Gor) 
haqidagi miflar bilan bir o‘zakdan ungan deb ko‘rsatadi
2

M.Seyidov esa Go‘ro‘g‘li nomini «tog‘ o‘g‘li» deb talqin 
qilib, bu obraz «olov» va «quyosh» bilan ham bog‘liq, bevosita 
o‘lib tiriluvchi tabiat haqidagi miflar asosida shakllangan, 
deb yozadi
3
va Go‘ro‘g‘li obrazi eramizdan avvalgi IV yuz 
yilliklarda vujudga kelib, eramizning XVI–XVII asrlarida 
yanada kuchaygan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi
4

T. Mirzayev keyinchalik «Hikoyati Go‘ro‘g‘li sulton» 
kitobida «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlarida tasvirlangan hayot 
tarzi bu hashamatli epos «Kitobi dada Qo‘rqut» va «Alpomish» 
dostonlaridan keyin XI – XII asrlarda O‘rta Osiyoda yaratildi, 
degan qarashni olg‘a surishga imkon beradi»
5
deb yozgan. 
Sh.Turdimov esa «Go‘ro‘g‘li» dostonining yadrosi, syujeti 
1
Короглы Х.Г. Трансформация заимствованного сюжета // Фольклор: 
поэтическая система. – М.: Наука, 1977. – С. 106 – 125.
2
Сулейменов О.О., Кажибеков Е.З. Тюркология: вчера, сегодня, завтра // 
Советская тюркология. – Баку, 1989. №6. – С.104.
3
Cejидов M. Aзэрбаjчан мифик тэфэккурунун гаjнагларi. – Бакi: Jэзiчi, 1983. 
– Б.245-321.
4
Cejидов M. Aзэрбаjчан халгiнiн соjкокуну душунэрэкэн – Бакi: Jэзiчi, 1989. 
– С.320. 
5
Turdimov Sh. Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlar. – Tosh-
kent: Fan, 2011.


– 121 –
va obrazlar tizimining mifologik hamda tarixiy asoslari 
qadim-qadimdan Sirdaryo va Amudaryo bo‘ylari, Orol 
dengizi atroflari, Turkiston kengliklarida yashab kelgan 
ajdodlarimizning tasavvurlari, dunyoqarashlariga bog‘liq 
sak, massaget va o‘g‘iz epik an’analari asosida eradan avvalgi 
ming yilliklarda yaratilib, bosqichma bosqich sayqal topib, 
to‘liq badiiy-estetik sathga o‘tdi. Arxaik eposning navbatdagi 
talqinlaridan bir shoxobchasi Markaziy Osiyodan Kavkaz va 
Kichik Osiyoga ko‘chgan o‘g‘iz qabilalari bilan u hududlarga 
ham tarqaldi, yangilandi. So‘nggi talqinlar o‘zaro madaniy-
adabiy aloqalar natijasida Markaziy Osiyo versiyalariga ham 
ma’lum ta’sirini o‘tkazdi. O‘zbek «Go‘ro‘g‘li» dostonining 
qahramon tug‘ilishi tabiiy homila talqinini olgan versiyalarda 
bu holat aniq sezilsa-da, tug‘ilish g‘ayritabiiy homila talqinini 
olgan versiyalar qadimiy o‘zanda rivojlanib, ta’sirlardan 
xoli qoldi. Ushbu versiyalarda saqlangan qadimiy motiv va 
unsurlar doston genezisini aniqlashda tayanch omillar bo‘ladi. 
Doston syujeti asosida turuvchi mif dastlab tabiat hodisalarini 
izohlab, Go‘ro‘g‘li tabiat qudratining timsoli sifatida namoyon 
bo‘lgan, keyinchalik syujet voqelik epik sathga ko‘chgach, 
u endi epik qahramonga aylangan»
1
, deb ko‘rsatadi. Epos 
syujeti va yetakchi obrazlar talqinini xalqimiz orasida keng 
tarqalgan, bugungi kunda ham amal qilayotgan marosim-
bayramlardagi quyosh turkum miflariga qiyosan o‘rganib o‘z 
fikrini asoslaydi.
Baxshi-shoirlar orasida «Go‘ro‘g‘li qirq doston», deb 
yuritish keng tarqalgan. Lekin dostonlar sonini yetmish ikkita, 
hatto yuz yigirma doston sifatida ko‘rsatish ham bor. 
Epik an’anaga ko‘ra, Go‘ro‘g‘li – 120 yoshga kiradi, 
asosiy variantga ko‘ra, u o‘lmaydi, balki afsonaviy Suldo‘zi 
1
Turdimov Sh. Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlar. – Tosh-
kent: Fan, 2011.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin