Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


 Sehrli-fantastik ertaklar



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   131
O\'zbek folklori P

4. Sehrli-fantastik ertaklar.
O‘zbek folkloridagi sehrli 
ertaklarining o‘ziga xosligi va dunyoning boshqa xalqlari 
ertaklaridan farqli jihati birinchi navbatda ularning syujetiga 
asos bo‘lgan voqea-hodisalar talqinida tilsim, sehrli narsa-
predmetlar, g‘aroyib xususiyatli personajlar, sehrli makon 
mavjud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu tip ertaklarning 


– 150 –
– 151 –
qahramonlari o‘z sarguzashtlari mobaynida g‘ayritabiiy 
hodisalarga va g‘ayrioddiy mavjudotga duch keladilar, ularning 
o‘zlari ham tug‘ilishidanoq «sehr» bilan bog‘langan kishilar 
bo‘ladilar, ham doim «sehrli ishlarga», «sehrli joylarga» 
«sehrli narsalarga», «g‘ayrioddiy xususiyatga ega bo‘lgan 
ko‘makchi-yordamchi personajlarga» yo‘liqadilar. Katta-
katta qo‘rqinchli va dahshatli tilsimlarni ochadilar. Bunday 
sehrli ertaklarning qahramonlariga yordam ko‘rsatuvchilar 
esa sehrli narsalar bo‘ladi. Sehrli ertaklarning qahramonlari 
o‘z dushmanlari yoki o‘z boshlariga tushgan kulfatlardan turli 
g‘ayritabiiy yo‘llar bilan qutuladilar.
O‘zbek xalq sehrli ertaklari orasida Kenja botir, 
Abulqosim, Qilichbotir, Erkenja, Shambirboz kabi nomlar 
bilan ataluvchi kenja o‘g‘il bilan uning akalari o‘rtasidagi 
konflikt kelib chiqishi tasvirlangan ertaklar salmoqli o‘rin 
tutadi. Bu tip syujetlar talqinicha, izlangan sehrli narsa, ot, 
qush yoki malikani axtarib topib kelgan kenjaga akalari 
dushmanlik qilishadi (kenjaning ko‘zini o‘yib quduqqa 
tashlash, oyoqlarini chopib tashlab ketish va h.k. motivlar). 
Bunday syujetlar qabilachilik tuzumining inqirozga yuz tutishi 
va urug‘ birligiga asoslangan yirik oila o‘rniga monogam 
oilalarning paydo bo‘la boshlagan davrda shakllangan. Ya’ni 
ota merosi uchun aka-ukalar o‘rtasidagi kurash va merosdan 
katta o‘g‘il ulushining ko‘pligi, eng kenjani ranjitish bu tip 
sehrli ertaklar syujetining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan.
O‘zbek xalq sehrli ertaklari personajlari safarining epik 
makondagi yo‘nalishi qahramon oldidan chiqadigan uch yo‘l 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Sehrli ertaklarda tasvirlangan uch yo‘l 
uch olam ruhlarining o‘zaro aloqada bo‘lishlariga imkon 
beruvchi magik nuqta, ezgulik va yovuzlikning ajralishi, 
bir-biridan uzoqlashish yo‘li hamdir. Bunday yo‘lda hamma 
vaqt yaxshilik va yomonlik kuchlari saralanadi. Sehrli 


– 151 –
ertaklarda syujet rivojini ta’minlaydigan an’anaviy uch yo‘l 
qahramonning safar yo‘nalishini belgilovchi badiiy unsurdir. 
«Abulqosim» ertagida pishgan tariq noma’lum sabablarga 
ko‘ra payhon etiladi. Podshoning uch o‘g‘li navbatma-navbat 
poyloqchilik qiladilar. Faqat uchinchi kecha qo‘lga tushgan 
devlar kenjaga tulporining tukidan berishadi. G‘aroyib otlarni 
izlab safarga otlangan og‘a-inilar oldidan uch yo‘l chiqadi.
1
«Mamajon va Qunduzoy» ertagida safar sababi zotdor 
otlarning yo‘qolishi bo‘lsa, 
2
«Misr podshosi»da shoh tushida 
ko‘rgan tilla qafas ichidagi bulbulni izlab uch aka-uka yo‘lga 
chiqadilar.
3
Odatda bunday ertaklarda kenja o‘g‘il mashaqqati 
nomidan ma’lum «borsa kelmas» yo‘lini tanlaydi. Qo‘rqoq 
akalar esa «borsa kelar» va «borsa xatar»ga otlanishadi.
An’anaviy uch yo‘l motivi qadimgi turkiylarning 
mifologik tasavvurlariga borib taqaladi. 
O‘zbek xalq sehrli ertaklarida sharq – ezgulik ramzi, 
g‘arb esa yovuz devlar makoni sifatida tasvirlanadi. 
Ertaklardagi mashaqqatli sarguzashtlar bilan bog‘liq epik 
yurt g‘arb tomonda, ya’ni kunbotardadir. An’anaviy uch yo‘l 
motivi gorizontal yo‘nalishga ko‘ra tasvirlanganda o‘ng-
chap tomonlar ramziga alohida e’tibor berilgan. «Sumbul 
qush» ertagida podshoning uch o‘g‘li ajoyib qushni ovlash 
uchun yo‘lga chiqadilar. Katta yo‘l ayrilishda shunday yozuv 
uchraydi: «Borsa kelar o‘ngda, borsa kelmas chapda, to‘g‘ri 
yurgan gumona».
4
«Misr podshosi» ertagida aka- ukalar 
yo‘l uchga ayrilgan yerga yetib kelganlarida «uch ko‘cha 
og‘zida bittadan tosh qo‘yilgan bo‘lib, toshlarga «chap qo‘l 
ko‘cha – borsa kelmas», «o‘rta ko‘cha – borsa xatar», «o‘ng 
1
Gulpari. Namangan ertaklari / O‘zbek xalq ijodi. Nashrga tayyorlovchi: T.G‘ozi-
boyev. – Toshkent, 1969. – B.33-34.
2
O‘
sha manba. – B.45.
3
O‘
sha manba. – B.53-54.
4
Kenja botir. Ertaklar. – Toshkent: Fan, 1973. – B.109.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin