– 152 –
– 153 –
qo‘l ko‘cha – borsa kelar», deb yozilgan ekan.
1
Bunday
ertaklarda o‘ng tomon – borsa kelar – sharq – omad – hayot
tushunchalari, chap tomon – borsa kelmas – g‘arb – omadsizlik
– o‘lim tushunchalariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Fikrimizcha,
qadimgi turkiylar dunyoqarashida muhim rol o‘ynagan
quyosh kulti olamning gorizontal yo‘nalishidagi tuzilishiga
asos bo‘lgan. Olamning uchlikka asoslangan kosmogonik
talqini qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari asosini
tashkil etgan. Arxaik miflarda madaniy qahramonlarning
sarguzashtlari uch olam bilan bog‘liq bo‘lib, Ko‘k – Zamin
– yer osti asosiy mifologik makon areali bo‘lib, bu struktura
keyinchalik sehrli ertaklarga ham o‘tgan.
O‘zbek xalq sehrli ertaklarida ko‘pincha qahramon-
larning yordamchilari zoomorf shaklda, ya’ni hayvonlar va
qushlar qiyofasida tasvirlanadigan g‘aroyib jonzotlar – uchar
ot, laylak, bulbuligo‘yo, bo‘ri, Semurg‘, anqo, oltin baliq,
chumoli, oltin tuyoqli kiyik singarilar xayoliy timsollardir.
Qahramonning boshiga juda og‘ir ish tushganda yoki juda
uzoq masofali va qo‘lga tushirilishi qiyin bo‘lgan narsalarni
keltirish topshirilganda, biror munosabat topilib, qahramonga
bo‘ri yo‘liqtiriladi. Ana shu jonzot bu qiyin ishlarni osonlik
bilan hal bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib, unga yordam beradi.
O‘zbek sehrli ertaklaridagi g‘aroyiblik antropomorf
shaklda yoki inson ko‘rinishidagi personajlar vositasida
tasvirlanishi o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu tip personajlarga
Xizr, sehrgar chol yoki kampir (jodugar, maston, shum
kampir), zar kokilli bola, kulsa og‘zidan gul, yig‘lasa ko‘zidan
dur sochadigan qiz va boshqa bir qator obrazlar misol bo‘la
oladi. Ular sehr-jodu qudrati, g‘aroyib xislati, sirli ko‘rinishi,
g‘ayrioddiy tug‘ilishi, unib-o‘sishi, sirli namoyon bo‘lishi
bilan e’tiborni tortadi. Bunday g‘aroyib obrazlarning har
1
Gulpari. – B.54.
– 153 –
biri o‘ziga xos badiiy ko‘rinishda va vazifada talqin qilinadi.
Jumladan, «Guliqahqah», «Samo tulpori», «Ilon pari» kabi
sehrli ertaklarda tasvirlangan maston kampir sehrli-fantastik
ertaklarda eng ko‘p uchraydigan an’anaviy obrazlardan
biri bo‘lib, avvalo, evrilish va ertak personajlarini istagan
ko‘rinishga kirita olish xususiyatiga egaligi, «ming bir sehr»ni
bilishi, sehrgarlarning sarkori, boshlig‘i ekanligi bilan ajralib
turadi. «Tanasiz kalla-yu, kallasiz tana» ertagida maston
kampirning ajdahosi bo‘laklangan tanani yutib, qayta butun
qilib chiqaradi. Sehrli ertaklarning an’anaviy homiy-personaji
hisoblangan Xizr obrazi «oppoq soqolli kishi», «oppoq
soqolli, malla choponli bir chol» sifatida xarakterlanadi.
Ba’zi ertaklarda esa u bir duo bilan kishini o‘zga ko‘rinishga
evriltira oladigan darvesh-qalandar, qahramonga yo‘l
ko‘rsatib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladigan g‘aroyib chol sifatida
ham tasvirlanadi.
Epik asarlarda ko‘p tasvirlanadigan qaldirg‘och, qarg‘a,
bulbul, laylak va boshqa qushlar obrazi esa hayotiy asosga
egaligi bilan ajralib turadi. Chunki bunday qushlar hayotda
mavjud bo‘lsa-da, sehrli ertaklar tarkibida keltirilganda ular
ba’zan g‘aroyib xususiyatli qilib tasvirlanadi. Aytaylik,
«Oypari» ertagidagi qaldirg‘och, «Hotam» ertagidagi
kaptarlar tilga kirib, insondek gapiradi; shum kampir esa qora
qarg‘a ko‘rinishiga evriladi. «Ur to‘qmoq» va «Oltin tarvuz»
ertagida laylak, «Ochko‘z boy» ertagida esa o‘rdak ertak
qahramonlariga tilsim buyumlar beradi.
Sehrli-fantastik ertaklarda suv oti, ko‘k qo‘chqor – qizil
devning o‘g‘li, evrilish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘ri va suv
ichida yashaydigan qanotli oq ot, osmonda ucha oladigan,
suvda suza oladigan, yerda chopa oladigan tulpor ot, yolini
tutatganda yetib keladigan g‘aroyib ot, qanotli tozi kabi qator
g‘aroyib jonivorlar obrazi keltiriladi. O‘zbek xalq ertaklari
|