so‘z; misra; to‘rtlik
takrorlanib keladi. Bular an’anaviy
naqarotlar. Bu naqarotlar turli xil qo‘shiqlarda uchrashi
mumkin. To‘g‘rirog‘i, bu yerda ohangni ushlab turuvchi
naqarotlar qoladi, faqat matn o‘zgaraveradi. Har qanday matn
ushbu naqarot ohangiga moslashadi. Takrorlarda matn bilan
chambarchas bog‘liqlik ko‘zga tashlansa, naqarotda mazmun
bilan bog‘liqlik sezilmaydi. Bu o‘rinda ohang muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bulardan tashqari, faqat ayrim qo‘shiqlarning o‘zigagina
xos bo‘lgan ma’lum tovush (Ha, hu) va misra takrorlanib
kelish holatlari borki, ularni noan’anaviy naqarotlar sifatida
baholash mumkin.
1
Qo‘shiqning kuyga munosabatiga
kelsak, hamma,
hatto motam qo‘shiqlarida ham musiqiy ohang mavjud,
biroq motam marosim qo‘shiqlari biror-bir musiqiy asbob
jo‘rligida kuylanmaydi. Motam marosimi va ayrim mavsum
marosim qo‘shiqlarini inobatga olmaganda hamma holat-
larda qo‘shiqlarga biror musiqa asbobida kuy chalinishi
mumkin. Shunga ko‘ra qo‘shiqlarni:
1. soz bilan ijro
etiladigan qo‘shiqlar; 2. hech qanday sozsiz ijro etiladigan
qo‘shiqlarga
bo‘lish mumkin.
Hozirgi jonli jarayonda o‘zbek qo‘shiqlari doira, do‘mbira,
dutor, bulomon, tor va hokazo musiqa asboblari jo‘rligida ijro
etiladi. Qanday musiqa asbobi tanlanishi qo‘shiq mazmuni va
ijro etilayotgan vaziyatdan kelib chiqiladi.
1
Arxiv materiallari. Aytuvchi Bibisora momo. Qashqadaryo viloyati, Nishon tu-
mani.
2.
Fuad Ko‘pruli “dala” so‘zini “dalamak“, “dalanmak“, “dalaşmak” so‘zlari bi
-
lan qiyoslab, quyidagi naqarot ekanini urg‘ulaydi. Qarang:
Fuad Köprülü. Edebiyat
araştı
rmalar
ı. – Istanbul: Ötüken, 1989. – S. 114.
– 171 –
Qo‘shiq va raqs haqida so‘z ketar ekan, ularning hamma
davrlarda kuy bilan uyg‘unlikda qaralganligining guvohi
bo‘lamiz. Fuod Ko‘pruli turklarning adabiy qarashlari diniy
tasavvurlar hamda raqs va musiqa bilan birgalikda taraqqiy
etganini yozadi. «Chig‘atoy lug‘ati»da qo‘shiq «raqs havosiga
bog‘langan kuy» tarzda kelgani aytiladi.
Qo‘shiqlarning raqsga munosabatiga kelsak, hech bir
qo‘shiq yo‘qki, unda harakat bo‘lmasin. Yig‘i-yo‘qlov,
motam qo‘shiqlarida ham garchand harakatlar raqs deb
atalmasa-da, raqs elementlarni o‘zida to‘la saqlab qolgan.
Birgina misol, motam marosimida azador o‘zining yuzlarini
timdalab, sadr tushishi bu motam marosimidagi raqsning eng
qadimiy ko‘rinishlaridan biridir.
Qo‘shiq va raqsning eng mukammal uyg‘unligini biz
«Beshqarsak» qo‘shiqlari va o‘yinida ko‘rishimiz mumkin.
Bu o‘yinni o‘rgangan san’atshunos olim Muhsin Qodirov
uni o‘zbek xalq san’atining qadimiy ko‘rinishlaridan biridir
deydi.
1
Bu o‘yinda qarsak va qo‘shiq qaytariqlari alohida
ahamiyatga ega. Raqqoslar doira shaklini yasab qarsak
ohangiga mos harakatlar qilishadi. Qarsakning turlari ko‘p:
mayda qarsak, yakka qarsak, qo‘sh qarsak va hokazo. Cholg‘u
asbobi vazifasini ko‘pincha qarsaklar bajaradi. Biroq bu
qo‘shiq kuysiz ijro etiladi degani emas. Qarsak ham, kuy ham,
naqarotlar ham eng mukammal uyg‘unlik kasb etadi. O‘rtada
raqqos turli harakatlar bilan raqs tushadi, davradagilar qarsak
chalib, kuyga mos qo‘shiq ijro etishadi. Qarsak o‘yinlarida
naqarotlar muhim ahamiyatga ega.
Hoy bola-bola, yor-yor,
Omon bola yor-yor.
Hay-hu, ho-ho-ho.
1
Qodirov M. O‘zbek an’anaviy teatri. – Toshkent: Milliy kutubxona, 2010. –B.315.
|