Amaliy mashg’uloti 3-Amaliy mavzusi: “Ilk qadam” mttdavlat o’quv daturini amaliyotga tatbiq etishda tarbiyachining o’rni. Asosiy savollar


Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#120976
1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-Amaliy mashg`ulot

Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari
. Davlat o‘quv dasturi bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘zini o‘zi ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni nazarda tutadi. Rejalashtirish bilan birga bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini muntazam kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi.
Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar, olingan malaka va ko‘nikmalar tahlil qilinadi.
Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha tashkilot bitiruvchilari uchun).
Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalar e’tiboriga havola etiladi.
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
maktabgacha ta’lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlarga: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.



Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin