Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 347 Kb.
səhifə2/21
tarix31.03.2023
ölçüsü347 Kb.
#124651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12-12 silabus O`EYT Fanidan

Fanning vazifasi – XX asr oxiri va XXI boshlarida Oʻzbekiston hududida sodir boʻlgan tarixiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini ochib berish, mustaqillikka erishish arafasida mamlakatda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat, mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, hayot, Yangilanayotgan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning istiqbolini talabalarga toʻliq tushuntirib berish, ularni Vatanga
sadoqat, muhabbat ruhida tarbiyalash, taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlash masalalari boʻyicha kerakli bilim hamda koʻnikmalarni shakllantirish nazarda tutiladi.
I.FANNING TAQVIM-MAVZU REJASI



Hafta

Soat

Mashg’ulot mazmuni

1—semestr

1

1



1-MODUL. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
Mashg‘ulot turi: Ma’ruza.
Mavzu: Kirish. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fanining maqsadi - xalqimizning XX asr 80-yillari oxiridan bugungi kunga qadar bosib oʻtgan tarixiy jarayonlar, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini xolisona oʻrganish va talabalar ongiga singdirishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv muassasalarida tarix taʼlimi sohasidagi davlat siyosati va Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻrganish va oʻqitish masalalari. Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻqitish va oʻrganish tizimini qayta tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi huzurida “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori. Oʻzbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni oʻrganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda eng yangi tarixining tutgan oʻrni. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning maʼnaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarix va tarixiy xotiraning oʻrni, saboqlari toʻgʻrisidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida taʼlim sohasida mazkur fanni oʻqitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilgʻor innovasiyalar.


Mavzu rejasi:
1. O‘zbеkiston tarixini davrlashtirish masalasi.
2. Fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari. Uni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
3. Intеllеktual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga еtkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
4. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.M. Mirziyoеvning ma’naviy еtuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-kontsеptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
Adabiyotlar:A1,A2,A3,A4,A5 , Q6,Q7,Q8,Q9,Q10,Q11.

2

1
2




Yüklə 347 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin