Avtomatlantirish va boshqaruv


-rasm. Signallarni komparatorlar yordamida kvantlash



Yüklə 14,26 Mb.
səhifə21/127
tarix11.10.2023
ölçüsü14,26 Mb.
#130031
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Avtomatlantirish va boshqaruv

1-rasm. Signallarni komparatorlar yordamida kvantlash.





2-rasm. Xonalar bo’ylab tenglashtirish usuli bilan signallarni kvantlash (RAA-raqamli signallarni analog signallarga aylantirgich; MP - mikroprotsessor).
Yuqorida keltirilgan sxemalar bir-biridan aniqligi va murakkabligi bilanfarq qiladi. Parallel sxema tez, ketma-ket sxema sekinroq ishlaydi.
Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar, ko’pincha boshqari-luvchi rezistorli kuchlanish taqsimlagichlar orqali amalga oshiriladi (3-rasm). Bunda raqamli signal UD ning kodi Xn.....X2 , X1ga qarab turli xil rezistorlar ulanadi.
O’tkazish koeffitsienti o’zgarganligi tufayli, bu taqsimlagichning kirishiga doimiy kuchlanish berilsada, chiqish kuchlanishi notekis o’zgaradi. Kuchlanish taqsimlagichlarini ulash va uzish elektron kalitlarorqali amalga oshiriladi.
Kuchlanish taqsimlagichi vazifasini qarshiliklar matritsasi o’taydi. Bunday matritsani ko’rinishi, a da keltirilgan. Ikkilik tizimdagi signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi 4-rasm, b da ko’rsatilgan.



3-rasm. Raqamli signallarni analogli signallarga aylantirgichning blok sxemasi (a) va uning chiqishidagi kuchlanish o’zgarishi (b).





4-rasm. Kuchlanish taqsimlagich vazifasini bajaruvchi qarshiliklar matritsasi (a) va signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi (b).

9 – Ma’ruza: Analogli filtrlash




Signallarni o‘zgartirish jarayoni
Ko‘pgina axborot vazifalarini yechishda, signallar o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Analogli signallar ham, diskret signallar ham ishlovdan o‘tadi. Signallarga ishlov berish filtrlash, modulyatsiyalash, demodulyatsiyalash, garmonik tashki qiluvchilarga yoyish va shovqinlardan ajratishni nazarda tutadi.
Signallarni filtrlash
Signallarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Signallarni filtrlash quyidagi zaruriyatlardan hosil qilingan sharoitlarda ishlatiladi:
- modulsiyada tashuvchining ustiga qoplangan signalni ajratish;
- yagona jismoniy kanal orqali uzatish uchun multiplekslashda birlashtirilgan signallarni ajratib olish;
- signalga keyinchalik uning shaklini yoki tavsifnomalarini o‘zgartirish uchun lozim bo‘lgan ishlov berish;
- kuchli shovqinlangan signaldan foydalisini ajratib olish.
Signallarga ishlov berishni tasirini quyidagi texnologiyalarida ya’ni tele-kommunikatsiya , raqamli TV va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va video-sistemalarda kuzatishimiz mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo’llaniladi.
Signallarga ishlov berishdan maqsad:
- Signal parametrlarini o’lchash yo’li, ob’ekt haqida malumot qabul qilish – amplituda, faza, chastota, spektr;
- Fondagi xalaqitlarni foydali belgilab olish;
- Signallarni siqish (kompressiya);
- Signal formatini o’zgartirish.


Yüklə 14,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin