Avtomatlantirish va boshqaruv


– Ma’ruza : Ochiq tizimlarning o’zaro ta’sirlari modeli



Yüklə 14,26 Mb.
səhifə49/127
tarix11.10.2023
ölçüsü14,26 Mb.
#130031
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
Avtomatlantirish va boshqaruv

19 – Ma’ruza : Ochiq tizimlarning o’zaro ta’sirlari modeli.




Tizim – bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi.
Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus.
Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizim-larda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi.
Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.
Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘p-lami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari.

Yüklə 14,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin