209
Filtrlash qoidalari vositachilik funksiyalariga oid qo‘shimcha, masalan
ma’lumotlarni o‘zgartirish, xodisalarni qaydlash va h. kabi harakatlarni ham
berishi mumkin. Mos holda, filtrlash qoidalari quyidagilarning amalga oshirilishini
ta’minlovchi shartlar ro‘yxatini aniqlaydi:
- ma’lumotlarni keyingi uzatishga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik;
- himoyalashning qo‘shimcha funksiyalarini bajarish.
Axborot oqimini taxlillash mezoni sifatida quyidagi parametrlardan
foydalanish mumkin:
- tarkibida tarmoq adreslari, identifikatorlar, interfeyslar adresi, portlar
nomeri va boshqa muhim ma’lumotlar bo‘lgan xabar paketlarining xizmatchi
xoshiyalari;
- masalan, kompyuter viruslari borligiga tekshiriluvchi xabar paketlarining
bevosita tarkibi;
- axborot oqimining tashqi xarakteristikalari, masalan, vaqt va chastota
xarakteristikalari ma’lumotlar hajmi va h.
Ishlatiluvchi taxlillash mezonlari filtrlashni amalga oshiruvchi OSI
modelining sathlariga bog‘liq. Umumiy holda, paketni filtrlashni amalga
oshiruvchi OSI modelining sathi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’minlanuvchi
himoyalash darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: