235
tashqi foydalanuvchini autentifikatsiyalashdan keyin amalga oshiriladi.
Terminal serverni ulashni shunday amalga oshirish lozimki, uning ishi faqat
tarmoqlararo ekran orqali bajarilsin. Bu masofalagi foydalanuvchilarning tashkilot
axborot resurslari bilan ishlash xavfsizligining kerakli darajasini ta’minlashga
imkon beradi.
Terminal serverni ochiq kismtarmoq tarkibiga kiritilganida bunday ulanish
joiz hisoblanadi. Terminal serverning dasturiy ta’minoti kommutasiyalanuvchi
kanallar orqali aloqa seanslarini ma’murlash va nazoratlash imkoniyatini
ta’minlashi lozim. Zamonaviy terminal serverlarni boshqarish modullari serverning
o‘zini xavfsizligini ta’minlash va mijozlarning foydalanishini chegaralash bo‘yicha
yetarlicha rivojlangan imkoniyatlarga ega va quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- ketma-ket portlardan, PPP protokoli bo‘yicha masofadan, hamda ma’mur
konsolidan foydalanishda lokal parolni ishlatish;
- lokal tarmoqning qandaydir mashinasining autentifikatsiyalashga
so‘rovidan foydalanish;
- autentifikatsiyalashning tashqi vositalaridan foydalanish;
- terminal serveri portlaridan foydalanishni nazoratlovchi ro‘yxatni
o‘rnatish;
- terminal server orqali aloqa seanslarini protokollash.
Dostları ilə paylaş: