255
beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha xujjatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash
qog‘ozlari ishlatiladi.
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar informativ,
informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Kanal informativligi kanal
bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baxolanadi.
Faollik vaqti bo‘yicha
kanallar doimiy, davriy va tasodifiylarga bo‘linadi.
Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha muntazam xarakterga ega.
Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chiqishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega
bo‘lgan kanallar tegishli.
Axborot sirqib chiqadigan kanallarning amalga oshirilishi natijasida
quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin:
akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi;
tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi;
axborotning qo‘shimcha elektromanit nurlanishlar va navodkalar
bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi.
Strukturalari bo‘yicha
axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko‘p
kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha
ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: