Nazorat savollari:
1.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi.
2.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushuntirib bering.
3.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi.
10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va
vositalari
Elektromagnit
nurlanish
indikatorlari
qo‘shimcha
elektromagnit
nurlanishlarni
aniqlash va nazoratlash
uchun
ishlatiladi.
Indikatorning
soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmda keltirilgan.
256
Yuqori chastota
kuchaytirgichi
Busaga
qurilmasi
Indikator
Amplituda
detektori
Past chastota
kuchaytirgichi
10.4-rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi
Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanishlarni qaydlaydi.
Agar ushbu nurlanishlarning sathi bo‘sag‘a nurlanishdan oshib ketsa tovush yoki
nur yordamida ishlovchi ogohlantiruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu
joyda yashirincha o‘rnatilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud.
Indikatorning ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasida tashqi
signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon beruvchi past chastota
kuchaytirgichi
va
radiokarnay
mavjud.
Test
akustik
signal
bilan
modulyatsiyalangan
nurlanishni
indikator
antennasi
qabul
qiladi
va
kuchaytirilgandan so‘ng radiokarnayga uzatiladi. Radiozakladka mikrofoni bilan
indikator radiokarnayi orasida xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida
namoyon bo‘luvchi musbat teskari bog‘lanish o‘rnatiladi. Bu akustik teskari
bog‘lanish yoki "akustik bog‘lanish" rejimi deb ataladi.
Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko‘rsatkichlari bilan
xarakterlanadi:
chastotaning ishchi diapazoni;
sezuvchanlik;
zakladkani topish radiusi;
ta’minot manbai xili;
zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti;
257
indikasiya xili.
Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rinishi 10.5 - rasmda keltirilgan. Asbob
ishlashining ikkita rejimi mavjud:
radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo‘ljallangan maydonni
aniqlash;
yashirincha tinglovchi qurilmalarni qidirishga mo‘ljallangan simli
liniyalarni taxlillash.
Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda zakladkalarni
aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zakladka ishlashi chastotasiga,
tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit ahvolga bog‘liq. Zakladka quvvati 5 mVt
bo‘lganida aniqlash radiusi taxminan 1m ga teng bo‘ladi.
10.5-rasm. D-008 indikatori
Akustik teskari bog‘lanish rejimi qurilmaning lokal elektromagnit maydon
ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga xos tovush signali bo‘yicha
zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi. Qurilma 501500 mGs chastota
diapazonida ishlaydi.
Radiochastotomerlar
elektromagnit
nurlanishning chastota bo‘yicha
bo‘sag‘aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish xonani reja asosida
radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi
mumkin bo‘lgan joy tekshirilayotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning
maksimal sathi bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda displeyda olingan
signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar beriladi.
Radiochastotomerlarning ba’zi xillari axborotni yuqori chastotada liniya
orqali uzatuvchi zakladkalarni aniqlashda qo‘llaniladi. Niyati buzuqning texnik
258
vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs (ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda
bo‘ladi.
RICh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosignallarni keng
polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy modulyatsiyali radiouzatuvchi
qurilmalarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Asbob ikkita rejimda ishlaydi:qidirish va qo‘riqlash.
Qidirish
rejimi
radiomikrofonlar,
telefon
radiotranslyatorlar,
radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘rnatilgan joylarni aniqlashda
ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefonlarni ruxsatsiz ishga
tushirilganligini aniqlaydi.
10.6-rasm. RICh-3 chastotomeri
Qo‘riqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘lish onini
qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi.
RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqligida (0,002%),
chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi.
Skanerlovchi priemniklar transportda tashiladigan va qo‘lda olib
yuriladiganlarga bo‘linadi. Maydon indikatori va radiochastotomerlarga o‘xshab,
skanerlovchi priemniklar axborot sirqib chiquvchi kanallarni aniqlashda
qo‘llanilishi mumkin.
10.7-rasmda Winradio skanerlovchi priemnikning tashqi ko‘rinishi
keltirilgan. Ushbu priemnik kompyuterning 16-bitli slotiga o‘rnatiladigan karta
ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning ketma - ket portlar orqali
259
ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini orttiradi.
Winradio 1000 modeli 500 kGs dan 1300 mGs gacha chastotalarda ishlaydi
va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mumkin. Dasturiy boshqarish
sichqoncha va klaviatura yordamida qurilma resurslarini operativ boshqarishga
imkon beradi. Boshqarish paneli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi – 50
kanal/s, chastota bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha.
10.7-rasm. Winradio skanerlaydiganqabul qiluvchi qurilma
10.8-rasm. Winradio skanerlovchi priemnikning kompyuterga o‘rnatish
Winradio Communication firmasi radiopriemniklari komplekti tarkibiga
boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi:
bazaviy dasturiy ta’minot;
qo‘shimcha dasturiy ta’minot;
skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi dasturiy ta’minot.
Bazaviy dasturiy ta’minot priemnik ishlashini boshqaruvchi asosiy
boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: priemnikni ish
chastotasiga va ishlash rejimiga o‘rnatish, skanerlash parametrlarini belgilash va
260
natijalarini akslantirish, ish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priemnikning funksional imkoniyatlarini
kengaytirishga imkon beradi:
Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakteristikalarini
taxlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga, hamda audio - signallarini
WAV – formatda qattiq diskga yozishga imkon beradi. Signallarni taxlillash va
ishlash muolajalarini amalga oshirishda kompyuterning standart tovush kartasidan
foydalaniladi.
Datebase
dasturi
ixtisoslashtirilgan
ma’lumotlar
bazasining
shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo‘yicha uch yuz
mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati, geografik
koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi axborotli ma’lumotlar bazasi
kiradi.
Skanerlashning ko‘pgina algoritmlari mavjudki, ularning asosiy vazifalari
quyidagilar:
agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan oshsa skanerlash
to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogohlantiriladi.
signal aniqlanganda skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qolganida
skanerlash qaytadan boshlanadi;
signalni taxlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va skanerlash
rejimi ishga tushirilganda davom ettiriladi;
qo‘l yordamida skanerlash – priyomnikni sozlash operator yordamida
amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozakladkalarni
qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priemniklarda modulyatsiyaning
berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha skanerlash ko‘zda tutilgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxsiy kompyuterlarning aniqlash qurilmalari
bilan kompleksda ishlatilishi signallarni aniqlash va taxlillash bo‘yicha
imkoniyatlarni jiddiy kengaytiradi. "Skanerlovchi priemnik + shaxsiy kompyuter"
komplekti avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi.
261
Yanada murakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priemnik
asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funksional
imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega.
Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv
kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va "KRONA Pro"
komplekslari misolida ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: |