Axborot xavfsizligi



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

 


61 
Nazorat savollari: 
1.
Axborot xavfsizligi sohasida standartlar va me’yoriy xujjatlarning 
tutgan o‘rni. 
2.
ISO/IEC 27001:2005 halqaro standartining mohiyatini tushuntirib 
bering. 
3.
ISO/IEC 27002:2005 halqaro sandartining vazifalarini tavsiflab 
bering. 
4.
O‘zDStISO/IEC 27005:2013 halqaro standartini amalga kiritilishi 
mohiyati nimada? 
5.
O‘zDStISO/IEC 27006:2013 halqaro standarti axborot xavfsizligi 
sohasidagi qanday muammolarni echishga yordam beradi? 
6.
O‘z DSt ISO/IEC 15408:2008 halqaro standarti nechta qismdan iborat 
va ularda yoritilgan masalalar nimalardan iborat? 
3.2. Axborot xavfsizligi sohasiga oid milliy standartlar 
 
Ushbu bo‘limda keltirilgan standartlar zamon talablari tomonidan kelib 
chiqqan 
holda 
amalga oshirilgan bo‘lib, asos sifatida O‘zbekiston 
Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat 
almashinuvi xususida"gi qonunlarini keltirishimiz mumkin. 
Ushbu standartlar EHM tarmoqlarida, telekommunikasiyada, alohida 
hisoblash komplekslari va EHMda axborotni ishlash tizimlari uchun axborotni 
shifrlashning umumiy algoritmini va ma’lumotlarni shifrlash qoidasini belgilaydi. 
O‘z DSt 1092:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari” 
Ushbu 
standart 
umumiy 
foydalanishdagi 
muhofazalanmagan 
telekommunikasiya kanallari orqali uzatiladigan, berilgan xabar (elektron hujjat) 
ostiga qo‘yilgan elektron raqamli imzo ( ERI)ni shakllantirish va uning 
haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo algoritmi (ERIA)ni 
belgilaydi.
Standart elektron raqamli imzoni shakllantirish va uning haqiqiyligini 


62 
tasdiqlashda turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan axborotlarni qayta ishlash 
tizimlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar.
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin