Axborot xavfsizligi


O‘z DSt 1105:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

O‘z DSt 1105:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” 
Ushbu « Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi» ( MShA) standarti elektron 
ma’lumotlarni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik algoritmni 
ifodalaydi. MShA - simmetrik blokli shifr bo‘lib, axborotni shifrmatnga o‘girish va 
dastlabki matnga o‘girish uchun foydalaniladi. MShA 256 bit uzunlikdagi 
ma’lumotlar blokini shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish 
uchun 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitdan foydalanishi mumkin. 
Standart, elektron hisoblash mashinalari ( EHM) tarmoqlarida, alohida 
hisoblash komplekslari va EHMda axborotga ishlov berish tizimlarida axborotni 
shifrlashning yagona algoritmini o‘rnatib, ma’lumotlarni shifrlash qoidalarini 
belgilaydi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi dasturiy, apparat yoki apparat-dasturiy 
kriptografik modullarda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Tashkilotlar, korxonalar va muassasalar EHM tarmoqlarida, alohida 
hisoblash 
komplekslarida 
yoki 
EHMda 
saqlanuvchi 
va 
uzatiluvchi 
ma’lumotlarning kriptografik muhofazasini amalga oshirishda mazkur standartdan 
foydalanishlari mumkin. 
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar. 
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.
O‘z DSt 1106:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Xeshlash funksiyasi”


63 
Ushbu standart axborotni qayta ishlash va muhofaza qilishning kriptografik 
metodlarida, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlarda axborot uzatish, qayta 
ishlash va saqlashda elektron raqamli imzo (bundan keyin - ERI) protseduralarini 
amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan ikkilik simvollarining istalgan ketma-ketligi 
uchun xeshlash funksiyasining ( bundan keyin - XF) algoritmini va hisoblash 
protsedurasini belgilaydi. 
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
GOST 28147-89 Sistemы obrabotki informasii. Zaщita kriptograficheskaya. 
Algoritmы kriptograficheskogo preobrazovaniya
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Atamalar va ta’riflar

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin