Axborot xavfsizligi


RH 45-185:2011-Rahbariy hujjat. Davlat hokimiyati va boshqaruv



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

 RH 45-185:2011-Rahbariy hujjat. Davlat hokimiyati va boshqaruv 


66 
organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish tartibi. 
Ushbu hujjat RH 45-185:2006 hujjati o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash 
dasturlarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat axborot xavfsizligini ta’minlash dasturlari doirasida ishlab 
chiqiladigan chora-tadbirlarning maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va ro‘yxatiga 
qo‘yiladigan namunaviy talablarni belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlariga taalluqli va ushbu organlarning axborot xavfsizligini 
ta’minlash dasturlarini yaratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu hujjatni ishlab chiqish va joriy etishdan maqsad:
- axborot xavfsizligini tahdidlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralarning 
adekvatligiga erishish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ishlaridagi barqarorlik 
darajasini oshirish;
- xavfsizlik mojarolaridan yuzaga kelgan ziyon darajasini pasaytirish;
- axborot xavfsizligi infratuzilmasini yaratish;
- boshqa tashkilotlarning foydalanish xavfsizligini ta’minlash;
- boshqa tashkilotlarning ulanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimoliy xavflarni 
identifikasiya qilish;
- axborot resurslariga mas’ul shaxslarni belgilash;
- davlat hokimiyati organlari faoliyatida davlat axborot resurslarining 
ochiqligi 
va 
ommabopligini 
ta’minlash, axborot va kommunikasiya 
texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolar 
o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlik uchun, ularning axborot xavfsizligini 
ta’minlagan holda, sharoitlar yaratish;
- muhofaza qilingan axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan 
foydalanish asosida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish; 
- davlat organlarida AX bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini 
rivojlantirishdir.


67 
Ushbu rahbariy hujjatning asosiy maqsadi - davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarini AX tahdidlaridan ularga mumkin bo‘lgan zarar yetkazilishidan 
muhofaza qilinishini ta’minlashdir.
Rahbariy hujjatning asosiy vazifasi davlat organlarining axborot 
xavfsizligini ta’minlash dasturini belgilash hisoblanadi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin