RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash tartibi. Ushbu hujjat davlat
organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik
maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlashning namunaviy
tartibini belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari davlat organlarining saytlari uchun xosting
xizmatlarini taqdim etuvchi barcha ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan
qo‘llanilishi majburiydir.
Hujjatda Davlat organlarining saytlarini joylashtirish uchun provayderlar
serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini (AX) ta’minlash
darajasini belgilash, axborot resurslarini yaratish va foydalanishning barcha
aspektlarini hisobgaolgan holda, ushbu vazifaga kompleks yondoshilishiga
asoslanadi. Bu uchun tashkiliy, texnik va dasturiy muhofaza qilish choralarini,
xavf-xatarlar va axborotning muhofazalanganlik darajasini baholash va prognoz
qilish bo‘yicha tadbirlarni doimo rivojlanib borayotgan yagona tizimga
umumlashtirish talab etiladi.
Axborotni muhofaza qilish o‘z ichiga AXni ta’minlashga qaratilgan chora-
tadbirlar kompleksini oladi: ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va
uzatish uchun foydalaniladigan axborot va resurslarning butunligi, ulardan
foydalana olishlik va, zarur holda, konfidensialligini qo‘llab-quvvatlash.
Axborotni muhofaza qilish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
-
axborotning
chiqib
ketishi,
o‘g‘irlanishi,
yo‘qolishi,
buzilishi,qalbakilashtirilishini oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, modifikasiya qilish, buzish. nusxa ko‘chirish,
68
blokirovka qilish bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- axborot resurslari va axborot tizimlariga ( AT) noqonuniy aralashishning
boshqa shakllarini oldini olish.