Axborot xavfsizligi


TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish 
sohasida axborot xavfsizligi. Atamalar va ta’riflar. 
Ushbu tarmoq standarti 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («O‘zdavstandart») tomonidan 2002 yil 
6 avgustda 112/066-son bilan ro‘yxatga olingan TSt 45.010: «Отраслевой 
стандарт. Информационная безопасность в сфере связи и информатизации. 
Термины и определения» o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, aloqa va 
axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligidagi asosiy atama va ta’riflarni 
belgilaydi.
Belgilangan atamalar barcha turdagi hujjatlarda qo‘llanilishi uchun 
majburiydir. Standartda ma’lumotnoma sifatida standartlashtirilgan atamalarning 
xorijiy ekvivalenti rus (R) va ingliz (E) tillarida keltirilgan.
Standartdan foydalanish qulayligi uchun atama moddalarining tegishli 
raqamlarini ko‘rsatgan holda o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi amalarni o‘z ichiga 
olgan alifbo ko‘rsatkichi keltirilgan. 
 
Nazorat savollari: 
1.
RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
2.
RH 45-185:2011 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
3.
RH 45-193:2011 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
4.
TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
 


69 
IV bob. XAVFSIZLIK MODELLARI 
4.1. Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli 
 
Ma’lumki, xavfsizlik siyosati deganda axborotni ishlash jarayonini qat’iy 
belgilovchi umumiy tartib va qoidalar majmui tushuniladiki, ularning bajarilishi 
ma’lum tahdidlar to‘plamidan himoyalanishni ta’minlaydi va tizim xavfsizligining 
zaruriy (ba’zida yetarli) shartini tashkil etadi. Xavfsizlik siyosatining formal 
ifodasi xavfsizlik siyosatining modeli deb ataladi. 
Himoyalangan axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchilar xavfsizlik 
modelidan quyidagi hollarda foydalanishadi: 
-
ishlab 
chiqariladigan 
tizim 
xavfsizligi 
siyosatining 
formal 
spesifikasiyasini (tafsilotli ro‘yxatini) tuzishda; 
-
himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi 
himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslashda; 
-
tizim xavfsizligini etalon model sifatida tahlillash jarayonida; 
-
xavfsizlik siyosatiga rioya qilishning formal isboti yo‘li bilan ishlab 
chiqariladigan tizim xususiyatlarini tasdiqlashda. 
Iste’molchilar xavfsizlikning formal modellarini tuzish yo‘li bilan ishlab 
chiqaruvchilarga o‘zlarining talablarini aniq va ziddiyatli bo‘lmagan shaklda 
yetkazish hamda himoyalangan tizimlarning o‘zlarining ehtiyojlariga mosligini 
baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kvalifikasiya (Malaka) bo‘yicha ekspertlar himoyalangan tizimlarda 
xavfsizlik siyosatining amalga oshirilish adekvatligini taxlillash mobaynida 
xavfsizlik modelidan etalon sifatida foydalanadilar. 
Xavfsizlik modeli quyidagi bazaviy tasavvurlarga asoslangan. 
1.
Tizim o‘zaro harakatdagi “sub’ektlar” va “ob’ektlar” majmuasidan 
iborat. Ob’ektlarni intuitiv ravishda axborotli konteynerlar ko‘rinishida tasavvur 
etish mumkin, sub’ektlarni esa ob’ektlarga turli usullar bilan ta’sir etuvchi 
bajariluvchi dasturlar deb hisoblash mumkin. Tizimni bunday tasavvur etishda 
axborotni ishlash xavfsizligi xavfsizlik siyosati shakllantiruvchi qoidalar va 


70 
cheklashlar to‘plamiga mos holda sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni 
boshqarish masalasini echish orqali ta’minlanadi. Agar sub’ektlar xavfsizlik 
siyosati qoidalarini buzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, tizim xavfsiz hisoblanadi. 
Ta’kidlash lozimki, “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalarining tavsifi turli 
modellarda jiddiy farqlanishi mumkin. 
2.
Tizimdagi barcha o‘zaro harakatlar sub’ektlar va ob’ektlar orasida 
ma’lum xildagi munosabatlarni o‘rnatish orqali modellashtiriladi. 
3.
Barcha amallar o‘zaro harakat monitori yordamida nazoratlanadi va 
xavfsizlik siyosati qoidalariga muvofiq ma’n etiladi yoki ruxsat beriladi. 
4.
Xavfsizlik siyosati qoidalar ko‘rinishida beriladi, bu qoidalarga mos 
holda sub’ektlar va ob’ektlar orasida barcha o‘zaro harakatlar amalga oshirilishi 
shart. Ushbu qoidalarni buzilishiga olib keluvchi o‘zaro harakatlar foydalanishni 
nazoratlovchi vositalar yordamida to‘sib qo‘yiladi va amalga oshirilishi mumkin 
emas. 
5.
Sub’ektlar, ob’ektlar va ular orasidagi munosabatlar (o‘rnatilgan 
o‘zaro harakat) to‘plami tizim “holatini” belgilaydi. Tizimning har bir xolati 
modelda taklif etilgan xavfsizlik mezoniga muvofiq xavfsiz yoki taxlikali bo‘ladi. 
6.
Xavfsizlik modelining asosiy elementi – xavfsiz xolatidagi tizim 
barcha o‘rnatilgan qoida va cheklashlarga rioya qilinganida taxlikali holatga o‘tish 
mumkin emasligi tasdig‘ining (teoremasining) isboti. 
Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli klassik (mumtoz) diskretsion 
model hisoblanib, sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni ixtiyoriy boshqarishni 
va foydalanish xuquqlarining tarqalishi nazoratini amalga oshiradi.
Ushbu 
model 
doirasida 
axborotni 
ishlash 
sistemasi 
axborotdan 
foydalanuvchi sub’ektlar (
to‘plam), himoyalanuvchi axborotga ega bo‘lgan 
ob’ektlar (
to‘plam) va mos harakatlarni, (masalan o‘qish (

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin