78
qo‘llaniladi. Bunda diskretsion model bir satxdagi sub’ekt va ob’ektlar orasidagi
o‘zaro harakatni nazoratlashda va mandatli modelni kuchaytiruvchi qo‘shimcha
cheklashlarni o‘rnatishda ishlatiladi.
Xavfsizlikning Bella-Lapadula modelida tizim Xarrison-Ruzzo-Ulman
modeliga o‘xshash sub’ektlar
ob’ektlar
va foydalanish xuquqlari to‘plami
ko‘rinishida ifodalanadi. Ob’ektlar to‘plami sub’ektlar to‘plamini o‘z ichiga oladi
va foydalanishning faqat ikkita xili
read (o‘qish), write (yozish)
ko‘riladi.
Ammo ushbu model qo‘shimcha xuquqlarni (masalan, axborotni qo‘shish, dasturni
bajarish va h.) kiritish bilan kengaytirilishi mumkin bo‘lsada, ular bazaviy (o‘qish
va yozish) xuquqlar orqali akslantiriladi. Foydalanishni moslanuvchan
boshqarishni ta’minlashga imkon bermaydigan bunday qat’iy yondashishning
ishlatilishi mandatli modelda sub’ektning ob’ekt ustida bajariladigan amal
nazoratlanmasligi, balki axborot oqimi nazoratlanishi bilan izohlanadi. Axborot
oqimi faqat ikki xil bo‘lishi mumkin: sub’ektdan ob’ektga (yozish), yoki ob’ektdan
sub’ektga (o‘qish).
Dostları ilə paylaş: