Axborot xavfsizligi



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

 
 
Nazorat uchun savollar: 


119 
1.
Asimmetrik shifrlash tizimlarini ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
2.
RSA asimmetrik algoritmining shirflash qadamlarini yoritib bering. 
3.
El Gamal asimmetrik shifrlash algoritmi qanday matematik 
muammolarga asoslangan? 
4.
Asimmterik shirflash algoritmlari turiga kiruvchi qanday algoritmlarni 
bilasiz? 
5.
Asimmterik shirflash algoritmlarining afzalliklari va kamchililklari. 
 
5.4.Xeshlash funksiyasi 
 
Xeshlash funksiyasi (xesh-funksiyasi) 
shunday o‘zgartirishki, kirish yo‘liga 
uzunligi o‘zgaruvchan xabar 
M
berilganida chiqish yo‘lida belgilangan uzunlikdagi 
qator 
h
(
M
) hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, xesh-funksiya 
h
(.) argument sifatida 
uzunligi ixtiyoriy xabar (xujjat) 
M
ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-
qiymat (xesh) 
H=h
(
M
)ni qaytaradi (5.16-rasm). 
Xesh funksiya
Xabar М
Xesh H
5.16-rasm. Xeshni shakllantirish sxemasi 
Xesh-qiymat h(M) – xabar M ning daydjesti,
ya’ni ixtiyoriy uzunlikdagi 
asosiy xabar 
M
ning zichlantirilgan ikkilik ifodasi. Xeshlash funksiyasi o‘lchami 
megabayt va undan katta bo‘lgan imzo chekiluvchi xujjat 
M
ni 128 va undan katta 
bitga (xususan, 128 yoki 256 bit) zichlashga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, 
xesh-funksiya 
h(M)
qiymatining xujjat 
M
ga bog‘liqligi murakkab va xujjat 
M
ning 
o‘zini tiklashga imkon bermaydi. 
Xeshlash funksiyasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: 
1.
Xesh-funksiya ixtiyoriy o‘lchamli argumentga qo‘llanishi mumkin. 
2.
Xesh-funksiya chiqish yo‘lining qiymati belgilangan o‘lchamga ega. 
3.
Xesh-funksiya 
h
(
x
) ni ixtiyoriy 
"x"
uchun yetarlicha oson hisoblanadi. 


120 
Xesh-funksiyani hisoblash tezligi shunday bo‘lishi kerakki, xesh-funksiya 
ishlatilganida elektron raqamli imzoni tuzish va tekshirish tezligi xabarning 
o‘zidan foydalanilganiga qaraganda anchagina katta bo‘lsin. 
4.
Xesh-funksiya matn 

dagi orasiga qo‘yishlar (vstavki), chiqarib 
tashlashlar (vыbrosы), joyini o‘zgartirishlar va h. kabi o‘zgarishlarga sezgir 
bo‘lishi lozim. 
5.
Xesh-funksiya qaytarilmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. 
6.
Ikkita turli xujjatlar (ularning uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holda) 
xesh-funksiyalari qiymatlarining mos kelishi ehtimolligi juda kichkina bo‘lishi 
shart, ya’ni hisoblash nuqtai nazaridan 
h(x')=h(x)
bo‘ladigan 
x
x

'
ni topish 
mumkin emas. 
Ikkita turli xabarning bitta tugunchaga (svertka) zichlash nazariy jihatdan 
mumkin. Bu kolliziya yoki to‘qnashish deb ataladi. Shuning uchun xeshlash 
funksiyasining bardoshligini ta’minlash maqsadida to‘qnashishlarga yo‘l 
qo‘ymaslikni ko‘zda tutish lozim. To‘qnashishlarga butunlay yo‘l qo‘ymaslik 
mumkin emas, chunki umumiy holda mumkin bo‘lgan xabarlar soni xeshlash 
funksiyalari chiqish yo‘llari qiymatlarining mumkin bo‘lgan sonidan ortiq. Ammo, 
to‘qnashishlar ehtimolligi past bo‘lishi lozim. 
5-xususiyat 
h
(.) bir tomonlama ekanligini bildirsa, 6 xususiyat bitta bir xil 
tugunchani beruvchi ikkita axborotni topish mumkin emasligini kafolatlaydi. Bu 
soxtalashtirishni oldini oladi. 
Shunday qilib, xeshlash funksiyasidan xabar o‘zgarishini payqashda 
foydalanish mumkin, ya’ni u 
kriptografik nazorat yig‘indisini
(o‘zgarishlarni 
payqash kodi yoki 
xabarni autentifikatsiyalash kodi
deb ham yuritiladi) 
shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Bu sifatda xesh-funksiya xabarning 
yaxlitligini nazoratlashda, elektron raqamli imzoni shakllantarishda va tekshirishda 
ishlatiladi. 
Xesh-funksiya foydalanuvchini autentifkasiyalashda ham keng qo‘llaniladi. 
Axborot xavfsizligining qator texnologiyalarida shifrlashning o‘ziga xos usuli 
bir 
tomonlama xesh-funksiya yordamida shifrlash
ishlatiladi. Bu shifrlashning o‘ziga 


121 
xosligi shundan iboratki, u mohiyati bo‘yicha, bir tomonlamadir, ya’ni teskari 
muolaja – qabul qiluvchi tomonda rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. 
Ikkala taraf (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) xesh-funksiya asosidagi bir tomonlama 
shifrlash muolajasidan foydalanadi.
Eng ommabop xesh-funksiyalar –MD4, MD5,SHA1, SHA2. 
MD4 va MD5 – P.Rayvest tomonidan ishlab chiqilgan axborot daydjestini 
hisoblovchi algoritm. Ularning har biri 128 bitli xesh-kodni tuzadi. MD2 algoritmi 
eng sekin ishlasa, MD4 algoritmi tezkor ishlaydi. MD5 algoritmi MD4 
algoritmining modifikasiyasi bo‘lib, MD4 algoritmida xavfsizlikning oshirilishi 
evaziga tezlikdan yutqazilgan. SHA(Secure Hash Algorithm) – 160 bitli 
xesh-
kod
ni tuzuvchi axborot daydjestini hisoblovchi algoritm. Bu algoritm MD4 va 
MD5 algoritmlariga nisbatan ishonchliroq. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin