AQShning DSS standarti . 1991 yilda NIST (National Institute of Standard
and Technology) tomonidan DSA (Digital Signature Algorithm) algoritmiga
asoslangan DSS (Digital Signature Standard) ERI standartining loyihasi
muhokamaga
quyildi.
Ushbu
algoritm
bardoshliligi
yetarli katta tub
xarakteristikaga ega bo‘lgan chekli maydonda diskret logarifmlash masalasining
murakkabligiga asoslangan.
Ushbu elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish standartida 512
yoki 1024 bit uzunlikdagi kalitlar qo‘llaniladi va elektron raqamli imzoning 160
bitli 2 ta sondan iborat. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish
jarayonlari 5.22-rasmda keltirilgan.
132
Xabar
Mahfiy kalit
Secure Hash Algorithm
Xabar daydjesti
Digital Signature
Algorithm (DSA)
Raqamli imzo
Imzo hosil qilish Qabul qilingan xabar
Raqamli imzo
Secure Hash Algorithm
Xabar dayjesti
Digital Signature
Algorithm (DSA)
Ochiq kali
a) Imzoni tasdiqlash Tekshiruv natijasi
(YES/NO)
b) 5.22-rasm. Elektron raqamli imzoni shakllantirish (a) va tekshirish (b) jarayonlari.
Elliptik egri chiziqlarga asoslangan raqamli imzo algoritmi ECDSA (Elliptic Curve Digital Signature Algorithm) — DSA algoritmga tuzilish
jihatidan analog hisoblanadi, lekin hisoblashlar butun sonlar maydonida emas balki
elliptik egri chiziqlar nuqtalari guruhida bajariladi va uning kriptobardoshliligi
elliptik egri chiziqlar nuqtalari guruhida dikret logarifmlash muammolarigi
133
asoslanadi. ECDSA algoritmi 1999 yilda ANSI standarti sifatida, 2000 yilda esa
IEEE va NIST standartlari sifatida qabul qilingan.