Axborot xavfsizligi



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

 
Nazorat savollari: 
1.
Elektron raqamli imzoni shakllantirish sxemasini tavsiflab bering. 
2.
Elektron raqamli imzoni tekshirish jarayonining sxemasini tushuntirib 
bering. 
3.
AQShning DSS standartini yoritib bering. 
4.
GOST R 34.10 Rossiyaning standartini tavsiflab bering. 
5.
O’z DSt 1092-2009 algoritmi asoslangan matematik muammolarni 
tushuntirib bering.
5.6. Steganografiya usullari 
 
Steganografiya – so‘zi Yunon tilida maxfiy belgilar bilan yozilgan (steganos 
–sir, graphy - yozuv) ma’nosini bildiradi, tarixi esa ming yillarni o‘z ichiga oladi. 
Axborotni steganografik himoyalashni turli texnikaviy, kimyoviy, fizikaviy va 
psixologik usullar yordamida amalga oshirish mumkin.
Steganografiya kriptografiya o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. 
Steganografiya usullari yordamida xabarni bekitish xabar uzatilishi faktini aniqlash 
extimolligini anchagina pasaytiradi. Agar ushbu xabar shifrlangan bo‘lsa u yana 
bir, qo‘shimcha himoyalanish satxiga ega bo‘ladi. Steganografik usullaridan 
axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashda, tarmoqlarni monitoringlashga 
va tarmoq resurslarini boshqarishga qarshilik ko‘rsatishda, ro‘yxatda 
ko‘rsatilmagan foydalanuvchilardan dasturiy ta’minotni niqoblashda, ba’zi 
intellektual mulkka egalik xuquqini himoyalashda hamda raqamli ob’ektlarni 
autentifikatsiyalashda foydalaniladi. 
Ma’lum steganografik usullarini quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin:
-
moddiy steganografik usullar; 
-
axborot steganografik usullari. 
Moddiy steganografik usullar 
steganografik konteynerning (maxfiy axborot 


137 
o‘rnatiladigan ob’ektning) fizikaviy yoki kimyoviy xususiyatlari asosida axborotni 
bekitish uchun ishlatiladi. Bunday xususiyatlarga misol tariqasida gabarit 
o‘lchamlarini, konteyner rangini yoki ma’lum ta’sir natijasida o‘rnatilgan 
axborotning namoyon bo‘lish qobiliyatini ko‘rsatish mumkin. 
Bunday steganografik usullarning tadqiqi va yaratilishi axborotning turli 
moddiy eltuvchilari xususiyatlarini va axborotni o‘rnatishning norasmiy usullarini 
o‘rganish bilan bog‘liq. 
Moddiy steganografik usullarga ko‘rinmaydigan siyohlar, mikronuqtalar va 
h. taalluqli. Hozirda audiotexnika, videotexnika va hisoblash texnikasi axborotni 
eltuvchi standart vositalar hisoblanadi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin