Axborot xavfsizligi


Axborot steganografik usullar



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

Axborot steganografik usullar 
ma’lumotlarni konteynerning axborot bilan 
to‘ldirilishi xususiyati asosida bekitish uchun ishlatiladi. Ushbu usullar lingvistik 
va raqamlilarga ajratiladi. 
Lingvistik steganografik
usullarda til yoki xarflarni, raqamlarni o‘z ichiga 
olmaydigan (rasmlar, ob’ektlarning o‘zaro joylashishi va h.)boshqa muhit 
ortiqchaligi ishlatiladi. Ushbu sinfga maxfiy xabarni bekitish uchun zarur matnni 
generatsiyalash usulini hamda saxifadagi qator xolatini yoki gapdagi so‘z xolatini 
o‘zgarishiga va h. asoslanuvchi usullarni kiritish mumkin. 
Raqamli steganografik
usullar bir tomondan absolyut aniqlikka muxtoj 
bo‘lmagan fayllarning vazifasini yo‘qotmagan holda shaklini bir muncha 
o‘zgartirish mumkinligiga, ikkinchi tomondan bunday fayllardagi bir muncha 
o‘zgarishlarni farqlovchi maxsus asboblarni yo‘qligiga yoki inson sezgi 
organlarining qobiliyatsizligiga asoslangan. 
Raqamli steganografik usullar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Konteynerni tanlash usuli bo‘yicha. 
2.
Axborotdan foydalanish usuli bo‘yicha. 
3.
Konteynerni tashkil etish usuli bo‘yicha. 
4.
Xabarni qayta tiklash usuli bo‘yicha. 
5.
Konteynerni ishlash usuli bo‘yicha. 
6.
Vazifasi bo‘yicha. 


138 
7.
Konteyner turiga ko‘ra. 
8.
Konteynerga axborotni o‘rnatish usuli bo‘yicha. 
Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni (Least 
Significant Bits – eng kichik qiymatli bit)ko‘rsatish mumkin. Ushbu usulga binoan 
fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir necha kichik bitlari bekitiluvchi 
xabar bitlari bilan almashtiriladi. Ushbu usul amalga oshirilishining soddaligi, 
demak, ushbu usulga asoslangan dasturiy maxsulotning tezkorligi, hamda 
yaratilgan steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq qator 
afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik talab 
qilinmaydigan masalalarni echishda foydalanish mumkin. Chunki LSB – usul 
niyati buzuqning aktiv xujumlariga bardosh bera olmaydi. 
Xabarni fayl - konteynerning 
spektral soxasida bekituvchi usullar
steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiyaning spektral usullari 
xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kombinasiyalab ishlatiladi.
Fayl - konteynerdagi ma’lumotlarni chastotali iofdalashda kosinusni diskret 
o‘zgartirish, Fureni diskret o‘zgartirish, veyvlet-o‘zgartirish, Karunen-Loev, 
Adamar va Xaar o‘zgartirishlar kabi diskret ortogonal o‘zgartirishlardan 
foydalaniladi.
 
Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsiplari
. Steganografik 
tizimlarni buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘lishi mumkin (5.25- rasm). 
Aktiv
Badniyatli
Passiv
- steganokanalni aniqlaydi
- ma’lumotlarni o’qiydi
- qalbaki steganogrammalarni yaratadi
- bekitilgan ma’lumotlarni buzadi
5.25-rasm. Steganografik tizimlarni buzuvchilar turi 
Passiv buzuvchi faqat stegokanal mavjudligi faktini aniqlashi va o‘rnatilgan 


139 
ma’lumotlarni o‘qishi mumkin. Aktiv buzuvchi nafaqat bekitilgan ma’lumotlarni 
aniqlashi va o‘qishi, balki ularni to‘laligicha yoki qisman buzishi mumkin. 
Badniyatli buzuvchi eng xavfli hisoblanadi, chunki u nafaqat steganogrammani 
buzadi, balki qalbaki steganogrammani yaratadi. 
Buzuvchi (taxlilchi) u yoki bu taxdidni amalga oshirish uchun quyidagi 
xujumlardan foydalanadi: 
-
ma’lum to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. 
Buzuvchi bir yoki bir 
necha steganogrammaga ega va steganokanal mavjudligi faktini aniqlash, hamda 
boshqa steganogrammalarni taxlillash imkoniyati uchun ochiq matnni tiklash yoki 
kalitni aniqlash topshirig‘ini bajaradi; 
-
ma’lum o‘rnatilgan ochiq matn asosidagi xujum.
Buzuvchi bir necha 
bekitilgan ochiq matnlar va mos steganogramma namunalari asosida kalitni olish 
maqsadida mos taxlilni amalga oshiradi. Bunday xujumlar ko‘pincha intellektual 
mulkni himoyalash tizimlariga taalluqli hisoblanadi; 
-
tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi xujum.
Bunda taxlilchi 
(steganotaxlilchi) shaxsiy ochiq matnlarini taklif qilish va steganogrammalarni 
taxlillash imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
-
tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi adaptiv xujum.
Ushbu 
xujum oldingi xujumning xususiy xoli hisoblanadi va taxlilchining avvalgi 
steganogrammalarni taxlillash natijalariga bog‘liq xolda tiqishtirish uchun xabarni 
adaptiv tanlash imkoniyati bilan xarakterlanadi; 
-
tanlangan to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum.
Steganoanalitik 
steganogramma namunalarini aniqlash maqsadida o‘zi tanlagan ochiq matn uchun 
steganogrammani yaratish imkoniyatiga ega; 
-
ma’lum bo‘sh konteyner asosidagi xujum.
Bunday steganotaxlilchi 
ma’lum bo‘sh konteyner bilan nazarda tutilgan steganogrammani taqqoslash bilan 
steganokanal mavjudligini har doim aniqlashi mumkin; 
-
tanlangan 
bo‘sh 
konteyner 
asosidagi 
xujum.
Bunda 
steganotaxlilchining xabar jo‘natuvchisini tavsiya etilgan konteynerdan 
foydalanishga majbur etish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart; 


140 
-
konteynerning yoki uning qismining ma’lum matematik modeli 
asosidagi xujum.
Bunda xujumchi o‘rnatilgan shubxali ochiq matnning unga 
ma’lum modeldan farqini aniqlashga urinadi. Xabar jo‘natuvchisi va xujumchi turli 
modellarga ega bo‘lishi mumkin. U holda yaxshi model egasi yutib chiqadi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin