Agar bir nechta jism o`zaro ta’sirlashayotganda ularga tashqaridan kuch ta’sir qilmasa bu jismlar tizimi yopiq tizim deyiladi.
Massasi m bo`lgan moddiy nuqta harakatlanib dt vaqtda tezligini d ga o`zgartirgan bo`lsin. U holda Nyutonning II-qonuniga asosan
d/ dt = F/m (1)
Bundan m·d = F · dt
yoki d(m)= F · dt (2)
Bu yerda m· =p - tezlik bilan harakatlanayotgan m massali moddiy nuqta impulsi.
Demak impuls mexanik harakat o`lchovidir.
F · t-kuch impulsi, d (m)=dp- impulsni o`zgarishi
F · t-kuch impulsi, d (m)=dp- impulsni o`zgarishi
Demak (2) ifodadan dp= Fdt (3)
ya’ni jism impulsining o`zgarishi kuch impulsiga teng.
(3)dan dp/dt=F
Faraz qilaylik bizga 2 ta jismdan iborat yopiq tizim berilgan bo`lsin. Massalari m1 va m2 bo`lgan bu jismlarning tezliklari 1 va 2, demak impulslari mos ravishda p1 va p2 bo`lsin. Jismlar o`zaro ta’sirlashgandan keyin tezliklari 11 va 21 bo`lgan bo`lsin
ya’ni bir jismning impulsi qancha ortsa ikkinchisiniki shuncha kamayadi. Bunga impulsning saqlanish qonuni deyiladi.
ya’ni bir jismning impulsi qancha ortsa ikkinchisiniki shuncha kamayadi. Bunga impulsning saqlanish qonuni deyiladi.
Agar yopiq tizimi n ta jismdan iborat bo`lsa
p1+p2+p3+...+pn=const
3.ТABIATDAGI O`ZARO TA’SIRNING TURLARI.
Hozirgi zamon fizikasida o`zaro ta’sirning to`rt turi ma’lum.
1.Gravitatsion o`zaro ta’sir. Bu o`zaro ta’sir butun dunyo o`zaro tortishishi natijasida vujudga keladi.
2.Elekromagnit o`zaro ta’sir.Bu o`zaro ta’sir elektr va magnit maydonlari tufayli amalga oshiriladi.
3.Kuchli yadroviy o`zaro ta’sir.Bu o`zaro ta’sir yadrodagi nuklonlarni ya’ni proton va neytronlarni bir-biriga bog`langan holda ushlab turadi.
4.Kuchsiz yoki yemirilish o`zaro ta’sir. Bu asosan elementar zarralarni yemirilishida namoyon bo`ladi.