Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Ko’chmas mulk va uning bozorlariga ta’sir omillar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/34
tarix26.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#134999
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
BITIRUV MALAKAVIY ISHI UY-JOY XO\'JALIGIББИ-80 БМИ

6-rasm. Ko’chmas mulk va uning bozorlariga ta’sir omillar
17
Rasmda ko’rsatilgan omillar va ularning xususiyatlarini quyida batafsil
ko’rib chiqamiz.
Tashqi omillar - bu biror bir mamlakat yoki sub'yektga nisbatan tashqaridan
doimiy yoki davriy ta'sir etuvchi omillar.
Ichki omillar - bu biror bir mamlakat, uning hududi, iqtisodiyot tarmoqlari
va sohalari doirasida doimiy yoki davriy ta'sir etuvchi omillar. Ularga, masalan,
quyidagilarni kiritish mumkin: mulkchilik tizimi tuzilmasi, jamiyatning siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli, qadriyat, mentalitet, urf-odat, davlat
siyosatlari, xususiy korporativ sektor siyosati, xo’jalik yurituvchi sub'yektlar va uy
xo’jaliklarining faoliyati.
Tabiiy omillar - bu tabiiy ravishda paydo bo’luvchi va faktorli tizimda
doimiy mavjud, surunkasiga ta’sir etuvchi omillar. Ularga, masalan, tabiiy
17
Ushbu chizma Sh.Sh.Shoha’zamiyning “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” nomli o’quv qo’llanmasi
(Tanlangan ma’ruzalar. T.: Iqtisod-moliya,-2015.) asosida muallif tomonildan mustaqil tuzilgan.


20
qonunlarni, tabiiy ofatlarni kiritish mumkin.
Sun’iy omillar - bu faktorli tizimda epizodik tarzda mavjud bo’luvchi va
maqsadli-sub'yektiv ravishda hosil qilinuvchi omillar. Ularga, masalan, davlatning
regulyativ siyosati va menejment ta'sirlarini kiritish mumkin.
Umumiy omillar har qanday obyektning bir necha ko’rsatkichlarga ta'sir
ko’rsatadi.
Maxsus omillar esa alohida obyektga xos ko’rsatkichga ta'sir etadi. Ularga
quyidagilarni keltirish mumkin:
- Tashqi omillar - iqtisodiy globallashuv tendentsiyalari va muammolari
iqtisodiy sikllar va ularga mos inqirozlar jahon bozoridagi qiymat va narxlar global
va mintaqalar miqyosidagi: tabiiy ofat va kataklizmlar, urush va revolyutsiyalar,
terrorizm va h.k. dunyoning yetakchi davlatlarining global va jahon mintaqalari
miqyosidagi siyosatlari dunyodagi har bir davlatning o’ziga xos rivojlanish
tendentsiyalari, muammolari va shu kabi boshqalar.
- Ichki makro omillar - jamiyatning tanlagan ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanish modeli, unda millat mentaliteti, urf-odati,
psixologiyasi va uning hududiy xususiyatlari mamlakat va uning hududlarida inson
omilining rivojlanishi darajasi, innovatsion salohiyati mulkchilik tizimi modeli,
xususiy mulkning himoyalanganlik darajasi mamlakatning barqarorligi va kredit
reytingi milliy bozor infratuzilmasining rivojlanganlik va ochiqlik darajasi, hupfiya
bozorning ko’lami davlat institutlarining rivojlanganlik va korruptsiyalanganligi
darajasi biznes va mulk huquqlarini kafolatlanganligi mamlakatning tabiiy va
iqtisodiy resurslarga egaligi, geografik joylashuvi, unda resurslarning hududlar
bo’yicha taqsimlanganligi ko’rsatkichlari mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy
sharoit, biznes va investitsiya muhiti, milliy va hududiy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi va h.k.
- Ichki mezo va mikro omillar - biznes riski, raqobatbardoshlik va
moliyaviy xavfsizlik darajasi, reytingi korporativ boshqaruv siyosati modeli va
reytingi, bunda transparentlilik va investorlar haq-huquqlarini himoyalanganlik
darajasi tadbirkorlik sub'yektlarining biznes va investitsion faolligi, iqtisodiy


21
barqarorligi, geografik va iqtisodiy erkinligi, hududiy taqsimlanishi hududlar va
iqtisodiyot tarmoqlari hamda ichki bozorlarning barqarorligi va bir-biri bilan
bog’liqligi moliya va kredit tizimining, mulk va xizmat turlari bo’yicha ichki
bozorlarning rivojlanganligi, barqarorligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot
tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarining ekologik madaniyati, innovatsionlik
darajasi; raqobat turi va usullari, iqtisodiy harajatlar va h.k.
- Ichki nano omillar – inson va oila jipsligi (birdamligi), totuvligi,
madaniyati, qadr-qimmati, urf-odatlari, mentaliteti va haq-huquqlari, uning
iqtisodiy va siyosiy faolligi insonlarning o’rtacha yoshi, turmush, bilim va
daromadlari darajasi hamda uy xo’jaliklarining rivojlanganligi uy xo’jaliklari
kapitali, mol-mulki, daromadi, uy-joy bilan ta'minlanganligi darajasi va h.k.
Sub'yektiv omillar shaxslar faoliyati bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi.
Alohida xo’jalik sub'yekti doirasidagi omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
menedjment,
kompaniya
traditsiyalari,
bozor
segmentiga
orientatsiyalanishi, korporativ, iqtisodiy, moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat va
ijtimoiy himoya siyosatlari, psixologik muhit va h.k. Bularning barchasida
xizmatchi va ishchilar, hamda shaxs omili katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilganda, ko’chmas mulk sifatida uy-joylar qiymatini baholashda
qo’llaniladigan ko’rsatkichlar va unga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p. Bu oimllar
albatta, uy-joylar va boshqar ko’chmas mulk qiymatini baholashda ta’sir etish
xususiyatiga ega.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin