Baholash ishi va investitsiyalar


TALABA PORTFOLISINING TARKIBI



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə109/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
baholash 1

TALABA PORTFOLISINING TARKIBI



Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu “portfolio” orqali anjumanlarda chiqish qilib, o’zining mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan xolda, o’z-o’ziga ushbu bilim doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi.
Bunday “portfolio” tarkibi quyidagicha bulishi mumkin:

  • titul;

  • mazmuni;

  • xar bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;

  • nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;

  • portfolio o’qituvchi va talabaning o’zi tomonidan qanday baholanganligi;

  • fan bo’yicha yutuqlari tarixi;

  • «portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.

Muallifga «portfolio»ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.
Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o’z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim xollarda o’qituvchi «portfolio» tarkibiga o’z talablarini qo’yishi xam mumkin.
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bulishi mumkin:
Titul varaqa - «portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish davri (semestr yoki o’quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:

  • fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechmoqda, ushbu kiyinchiliklar mohiyati nimada va b);

  • yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli hil yo’llarini ko’rsatishi zarur;

  • nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish);

  • testlar;

  • axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnolo giyalari foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);

  • guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan xar bir loyiha batafsil yoziladi);

  • sizning sevimli ishingiz;

  • talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi).

Portfolio bo’yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari puxta uylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo’yicha muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo’lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo’yicha olgan bilimlari, bo’sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to’liq mazmunini ko’rsatishi lozim.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin