Baholash ishi va investitsiyalar


- MAVZU. MULKNING QIYMATI, NARXI, QIMMATLILIGI VA ULARNI BAHOLASHGA OID NAZARIY QARASHLAR



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə84/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
baholash 1

4- MAVZU. MULKNING QIYMATI, NARXI, QIMMATLILIGI VA ULARNI BAHOLASHGA OID NAZARIY QARASHLAR
Topshiriqlar


Muhokama uchun savollar:

  1. Mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rnini qanday ifodalash mumkin.

  2. Mulk bozori quvvati potensiali nima.

  3. Mulk bozorining maqsadi va vazifasi nimadan iborat.

  4. Mulk bozori faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar bo’lishi lozim.

  5. MBning anglo-sakson modeli mazmuni nimadan iborat.

  6. mazmuni nimadan iborat.

  7. MBning aralash (gibrid) modeli mazmuni nimadan iborat.

  8. MB modellarini qaysi belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.

  9. Mulk bozorining qanday tamoyillarini bilasiz.

  10. Mulk bozori narxi qanday turlanadi.



2. Quyidagi bozor modellarining izohini keltiring va ularni bir-biridan farqli jihatlarini yoritib bering



3. Mulk bozorining funktsional-tuzilmaviy sxemasini tushuntiring.



4. Mulk bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini ifodalovchi tuzilmaviy-funktsional molelni tushuntiring



5. Milliy real iqtisodiyot (MRI) va MBni umumiy makroregulyator (M) orqali o'zaro bog’liqlikda faoliyat ko'rsatishining tuzilmaviy modelini tushuntiring.





Testlarni yeching:



  1. Mulk bozorning maqsadi nimadan iborat?

  1. bozor ishtirokchi(qatnashchi)larining tovarlar oqimi bilan bog’liq erkin raqobatini ta’minlashdan iborat;

  2. bozor ishtirokchi(qatnashchi)larining tovarlar oqimi bilan bog’liq erkin raqobatli va transparent munosabatlarini amalga oshirishlari uchun ob'yektiv kon'yunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining regulyativ “barometri” rolini bajarish;

  3. bozor qatnashchilarining erkin raqobatli va transparent munosabatlarini amalga oshirishlari uchun ob'yektiv kon'yunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat

  1. Mulk bozorning funksiyalari qaysi bandda to’liq keltirilgan?

  1. Makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus;

  2. Umumbozor, maxsus, iqtisodiy globallashtirish;

  3. Makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus, iqtisodiy globallashtirish

  1. Mulk bozorning amaliy funktsiyalari ………

  1. tovarning bozor muhitida zaruriy funktsiyasini bajarishiga shart-sharoitlar yaratish, ob'yektiv bozor kursini (narxini) va hajmini belgilash, “pul-tovar-Δ” sxemasida ularning o'zaro ekvivalentliligini aniqlash, tovar va pul resurslarining samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta'minlash, bozor tovari bilan bog’liq biznesni baholash, tartiblashtirish va raqobatli rivojlantirish, iqtisodiyotning holatini sifatiy va miqdoriy ifodalash;

  2. bozor muhitini rivojlantirishdan iborat;

  3. bozor tovari muomalasi bilan bog’liq bozor munosabatlarini tizimli tadqiq etish va rivojlantirishning nazariy asoslarini, yondashuv va usullarini takomillashtirish va rivojlantirish

  1. Mulk bozorning metodologik funksiyasi……………

  1. bozor muhitini rivojlantirishdan iborat;

  2. tovarning bozor muhitida zaruriy funktsiyasini bajarishiga shart-sharoitlar yaratish, ob'yektiv bozor kursini (narxini) va hajmini belgilash, “pul-tovar-Δ” sxemasida ularning o'zaro ekvivalentliligini aniqlash, tovar va pul resurslarining samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta'minlash, bozor tovari bilan bog’liq biznesni baholash, tartiblashtirish va raqobatli rivojlantirish, iqtisodiyotning holatini sifatiy va miqdoriy ifodalash;

  3. bozor tovari muomalasi bilan bog’liq bozor munosabatlarini tizimli tadqiq etish va rivojlantirishning nazariy asoslarini, yondashuv va usullarini takomillashtirish va rivojlantirish

  1. Mulk bozorning qo’shimcha vazifalari qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?

  1. tovar ishlab chiqaruvchilarning moliya va tovar oqimlarini optimallashtirish, iqtisodiy manfaatlarini himoyalanishini ta'minlash; bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;

  2. biznesni rivojlantirish va qo'shimcha ish joylarini yaratish; jahon bozor tizimiga integratsiyalashtirish; siyosiy va iqtisodiy vositasi sifatida ta'sir ko'rsatish;

  3. barcha javoblar to’g’ri

  1. Haridorning bozordagi funksiyasi nimadan iborat?

  1. pul-tovar muomalasida erkin va zaruriy talabni o'z mablag’i bilan ta'minlash, sifatli taklifni rag’batlantirish va rivojlantirish, bozor tovarining ob‘yektiv narxi, hajmi (miqdori) va sifatini shakllanishida va tartiblanishida faol ishtirok etish asosida taklifni talab imkoniyatlariga mutanosiblashtirish va taklif tarkibini talab bilan to'ldirish, ishlab chiqarilgan mahsulotning harid qilinuvchi bozor tovari maqomini tasdiqlash;

  2. pul-tovar muomalasida erkin va zaruriy taklifni o’z tovari bilan ta’minlash;

  3. talab tarkibini taklif bilan to’ldirish




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin