97
Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko’zda tutilgan muddatda to’lovni
to’lay olmadi.
a). Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’iga o’tkaziladi:
Debet
11103–“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik
qarzlari – Faktoring”
97000000,0
Kredit
11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari –
Faktoring”
b). Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkin bo’lgan
zararlarni qoplash bo’yicha zaxira shakllantirdi. Zaxira Markaziy bankning
aktivlarni tasniflash bo’yicha joriy etilgan tegishli yo’riqnomasi asosida
shakllantiriladi:
Debet
56814–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash”
Kredit
11199–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi”
b). Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo’yicha shakllantirilgan
zaxira hisobidan qopladi:
Debet
11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi”
Kredit
11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari –
Faktoring”
Banklarda muddati o’tgan yoki to’lovchining moliyaviy beqarorlik holatiga
tushib qolishi natijasida vujudga kelgan zararlar bank boshqaruv kengashining
qarori asosida zararlarni qoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida
undirib olish maqsadida bankning tegishli ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarida
hisobga olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: