Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə18/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
2 5215525430601193042

Savol va topshiriqlar:

  1. Tarbiya fani doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va hamkorlik masalalari

  2. Tarbiyaning globallashuv jarayonidagi vazifalari

  3. Yuksak ma’naviyatli pedogok kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar;



6-Mavzu: Ta’lim tizimi faoliyatini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Reja:

  1. Ta’lim myassasalarida huquq-tartibotni ta’minlash;

  2. Yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish;

  3. Oila tarbiyasi va salomatlik


Tayanch iboralari: Ta’lim myassasalari, huquq-tartibot, Yoshlar, huquqiy ong, madaniyat, Oila tarbiyasi, salomatlik.
O‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonlari
Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib, ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo‘lmaydi. SHu bois milliy tarbiyaviy fazilatlarning lug‘aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi aniqlanishi lozim.

Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi. O‘zbekiston qo‘lga kiritgan milliy mustaqillik pedagogika-tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa o‘z navbatida sovet tarbiya nazariyasida o‘rganilmagan "o‘quvchining milliy g‘ururi", "O‘zbekiston o‘quvchisining vatanparvarligi", "o‘quvchining milliy odobi", "o‘quvchi milliy vijdoni", "o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati", "o‘quvchining milliy mafkuraviy ongliligi'* kabi fazilatlar mezonlarini ilmiy asoslashni talab qildi. Zero bu - zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish usulini samarali qo‘llash;



  • tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish;

  • -jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;

  • milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash;

  • - mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saqlash, rag‘batlantirish;

  • -sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funksionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg‘unligiga erishish uchun imkon yaratadi.

O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg‘u-hissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlarri uning o‘z hayotida maqsadlarga amal qilishiga, niyatiga qarab yoki salbiy mazmun kasb etadi, SHu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi.

Milliy tarbiyalanganlik mezonlari o‘quvchi shaxsining milliy xususiyatiga bevosita aloqador bo‘lgan fazilatlari va uning o‘zaro aloqadorligi (milliy-madaniy determinizm) tamoyilidan kelib chiqib asoslandi. Buni quyidagicha sharhlash mumkin; o‘quvchining "milliy g‘ururi", “milliy odobi”, "milliy mafkuraviy ongliligi", "millatlararo muloqot madaniyati" tushunchalari milliy o‘zakka ega. YA’ni qandaydir mavhum “g‘urur”, "mafkura", "odob", "muloqat madaniyati" emas, balki muayyan xususiyatga egaligi e’tirof etiladi. Ushbu fazilatlardagi milliylik o‘quvchining milliy o‘zligini anglash jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi. Natijada yosh avlodning milliy tuyg‘usi stixiyali emas, balki milliy istiqlol maqsadlariga, yaratuvchilik maqsadlariga yo‘naltiriladi, xizmat qildiriladi. Bu - milliy g‘ururni millatchilikdan, mahalliychilikdan, o‘z xalqiga befarqlikdan, manqurtlikdan himoya qiladi.



O‘zbekiston vatanparvarligi o‘zbek o‘g‘il-qizlaridan alohida fidoyilikni, ma’suliyatni, Vatanga munosabatni talab qiladi. Milliy vijdoniylik esa universal xususiyatga ega-bo‘lib, yuqoridagi (milliy tuyg‘uga bevosita bog‘lanuvchi) fazilatlarning ishonchli shakllantirishning kafolatini ya’ni Bilim - So‘z -Hatti-harakat(amal qilish) birligini ta’minlaydi, nazorat qiladi.

MT- milliy tuyg‘u; O‘V – O‘zbekiston vatanparvarligi; MMO – milliy mafkuraviy onglilik; V - vijdoniylik; MMM -millatlararo muloqat madaniyati; MR - milliy g‘urur; MЃ - milliy odob.

Muammoga bevosita aloqador bo‘lgan fazilatlarni maqsadli o‘rganish; Vatan tarixidan bexabarlik, milliy urf-odatlardan uzoqlashish natijasida yosh avlodlarda milliy vijdon barham topa boshlaganligini; milliy o‘zlik so‘na boshlaganligini, millat, O‘zbekiston, ona tili taqdiriga loqaydlik, befarqlik munosabatlari qaror topganligini; milliy vijdonni uyg‘otmasdan yosh avlodlarimizda o‘zlarining qanday qavm, elat, millatga mansubliklarini anglatish zarurligini; bo‘lajak o‘qituvchilarni ushbu faoliyatga tayyorlash zarurligi dolzarb ahamiyatga molikligi; bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachilarda ham milliy vijdonni shakllantirish vazifasini kun tartibiga qo‘yish lozimligini ko‘rsatdi. Ushbu xulosa keyinchalik xalq ta’limini isloh qilishga qaratilgan muayyan hujjatlarda1 o‘z ifodasini topdi. Ana shu istiqloliy buyurtmadan kelib chiqib, o‘quvchining milliy vijdoni fazilatining pedagogik mohiyati asoslandi. Bunda vijdon falsafiy tushunchasining pedagogik talqinidan kelib chiqildi. Milliy vijdon universal vijdonning xususiy ko‘rinishi bo‘lganligi bois, milliy tuyg‘uga bog‘liq vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. O‘quvchining(yoshiga mos ravishda) millat oldidagi ma’naviy mas’uliyatni his etishi, millat manfaati yo‘lida ijobiy xatti-harakatlar qilib, millat vorisi sifatida o‘z faoliyatiga baho berishi; o‘z millati tarixi, hozirgi va buyuk isiqboli to‘g‘risida qayg‘urishi; o‘zining millat uchun foyda keltirayotganligidan mamnuniyat his qilishi; O‘zbekistonga muhabbati, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odobi, milliy g‘ururi, milliy mafkuraviy ongi doimo va hamma joyda muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lishida vijdon harakatlantiruvchi kuch vazifasini o‘taydi.

Milliy g‘urur – o‘quvchining yoshiga mos ravishda o‘z xalqining qadr-qimmatini bilishi, izzatlashi; uning madaniyati, ma’naviyati, iqtisodiyotida qo‘lga kiritgan yutuqlari, xizmatlari, boy merosini bilishi va ana shu yuksak milliy madaniy yutuqlarga mos bo‘lishga, ularni boyitishga intilishini o‘z ichiga oladi. Biroq milliy g‘urur stixiyali rivojlanib, o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashdan ajratilsa, unda o‘z millatini boshqalardan ustun qo‘yish, milliy manmanchilik kabi salbiy natijalar berishi mumkin. SHuning uchun ham milliy g‘ururni maxsus, ya’ni yaratuvchan maqsadlarga qaratib, tanqidiylikni kamtarlnk bilan uyg‘unlashtirgan holda shakllantirish kerak.

O‘zbekiston vatanparvarligi - O‘zbekistonni yagona Vatan sifatida bilish va sevish: uning manfaatlarini himoya qilishga tayyorlik; O‘zbekiston tarixini, madaniy merosini hurmat qilish, unga qiziqish; istiqlolga sadoqat; O‘zbekistonning kelajagi buyukligiga e’tiqod; Respublika manfaatlarini shaxsiy, guruhiy, mahalliy, hududiy manfaatlardan ustunligini anglash va namoyon qilish.

Millatlararo muloqot madaniyati - o‘quvchining milliy va va baynalmilal ongining uyg‘unlik darajasi bo‘lib, boshqa millat bolalari ularning madaniyati bilan bo‘luvchi bevosita yoki bilvosita muloqatlarda namoyon bo‘ladi. Bu fazilat boshqa millatlarnnng an’analari, tili, milliy tuyg‘ulariga, qadriyatlariga samimiy hurmat, e’zozli munosabatda ko‘zga tashlanadi.

Milliy vijdoniylik – o‘quvchining hatti-harakatlarining o‘zi tomonidan ichki nazorat qilinishi; muayyan vaziyatda o‘z burch va huquqlarini o‘zi belgilab, o‘zi bajarishga shaxsiy mas’uliyat tuyg‘usi; milliy g‘urur, millatlararo muloqat madaniyati, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, milliy istiqloliy mafkuraviy onglilikni talab qiluvchi vaziyatlarda bilim, so‘z va ish birligini ta’minlovchi ichki ma’naviy nazoratchidir.

Milliy mafkuraviy onglilik – o‘quvchining yoshiga mos ravishda uning tafakkurida, hatti-harakatlarida, hayotiy maqsadida, munosabatlarida milliy istiqlol mafkurasi talablariga moslik, faollik darajasini ko‘rsatadi.

O‘quvchilarning yosh, aqliy, mahalliy xususiyatlari alohida e’tiborga olindi va 6u o‘quvchilarga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar dialektikasining tamoyili sifatida belgilandi. SHuningdek, milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda eng yuqori va (ijobiylik) eng past(salbiylik) darajalar orasidagi qarama-qarshilik ochib berildi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin