Blackcurse


Ta’limning milliy tarbiyaviy mazmuni va uni takomillashtirish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə26/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
2 5215525430601193042

Ta’limning milliy tarbiyaviy mazmuni va uni takomillashtirish
Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim mazmunida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarish – islohot uzoqni ko‘zlab belgilanishning belgisidir. Bu ayniqsa ijtimoiy fanlar mazmunida yaqqol aks etdi va sinfiylikdan – nosinfiylikka, partiyaviylikdan-partiyasizlashuvga, kommunistik mafkuraviylikdan – milliy istiqloliy mafkuraviylikka o‘tishda yuksalishda aks etdi.

Mazkur pedagogik o‘zgarish ta’limning insonparvarlashuvi, milliy madaniylashuviga yo‘l ochdi. CHunki har bir milliy madaniyat faoliyat jarayonida yaratiladi, namoyon bo‘ladi, o‘rgatiladi, o‘zlashtiriladi. Ana shu sabablarga ko‘ra, bu faoliyat tarbiyalovchi – o‘quvchilarning milliy madaniyatiga, milliy istiqlolga munosabatlarini shakllantiruvchi mohiyatga ega. Vaholanki, madaniy bilimlar milliy xususiyatga ega ekan, O‘zbekistonda ta’lim mazmuni o‘quvchilarni milliy madaniyatga, milliylikka munosabatini shakllantiruvchi ob’ektiv xususiyatga egadir. Mazkur nazariy xulosaga muvofiq, milliy tarbiyaviy zaruratni ta’lim mazmuni, maqsadi bilan muvofiqlashtirish, pirovard natija esa, ta’lim mazmunini milliy tarbiyaning potensial omilidan real omiliga aylantirishga kuchli ehtiyoj paydo bo‘ldi.

Islohot ta’lim va tarbiya mazmunini, maqsadini, tamoyillarini muvofiqlashtirish, o‘quvchilarni tamomila yangi ijtimoiy sharoitda yashashga tayyorlashi, bozor munosabatlariga o‘tish va shu bilan birga milliy g‘urur, vijdoniylik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy istiqlol mafkuraviy ong sohibi bo‘lishlariga xizmat qilishi lozim edi. Ushbu sifatlarni o‘zida namoyon qilish uchun o‘quvchilar dastlab shu tushunchalarni va ularning tarkibiy qismlarini o‘zlashtirishlari, anglashlari talab qilinar edi. CHunki vatanparvar, milliy g‘urur, vijdoniylik kabi tushunchalarning istiqloliy mohiyatini anglamay turib o‘quvchi bu fazilatlarni o‘zida xis qila olmaydi. His qilinmagan fazilat esa shaxsning hulq-atvorida ongli, ustuvor namoyon bo‘lmaydi. Xullas, O‘zbekiston maktablarining tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunining milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘rganish, aniqlashtirish va o‘qituvchilarga bu borada uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida darsliklarning milliy tarbiyaviy imkoniyatlari o‘rganilishi kerak edi.

Boshlang‘ich sinflar gumanitar darsliklarning milliy tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinar ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh, ruhiy, fiziologik milliy xususiyatlari nazarda tutildi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchisida: davra, guruhiy o‘yinlar, tengqurlar bilan muloqotga kirishish uchun bolaning o‘z ustida turli ijtimoiy rollarni sinab ko‘rishi; xayolotining o‘sishi; vijdoniylik tuyg‘usi; maylining namoyon bo‘la boshlashi; milliy o‘zligini anglashning rivojlana borishi; boshqa millatlar haqidagi tasavvurlarning kengaya borishi, Vatan tushunchasini anglay borishi ro‘y beradi.

Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini olimlar “intellektual operatsiyalar davri” (J.Piaje), “ikkinchi bolalik davri” (G.Grimm), “maktab bolalik davri” (D.Bromley), “bolaning ijtimoiy jonzot ekanligini anglash davri” (L..I.Bojovich), “asosiy faoliyati o‘qish bo‘lgan kichik maktab o‘quvchiligi davri” (D.B.Elkonin) deb ataganlar. Milliy tarbiya nuqtai-nazaridan esa, bu davrni o‘quvchining o‘zini u yoki bu xalqning farzandi sifatida anglashning ilk bosqichi deb atash mumkin. Boshlang‘ich ta’lim mazmunidagi milliy ruh mazmun ilk bor o‘zbek bolasining ikkinchi signallar sistemasi mazmuniga, u orqali esa intellektual operatsiyalari predmetiga aylanadi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, boshlang‘ich va umumta’lim o‘rta maktablar o‘qituvchilari didaktik yordam ko‘rsatishga kirishildi.

Ona tili, adabiyot fanlarini o‘qitish, bolalarning adabiy asarlarini o‘qiy boshlashi milliy tarbiya nuqtai-nazaridan alohida ahamiyatga ega. Atoqli tilshunos olim A. Rustamov har bir yaxshi adabiy-badiiy asarning ma’rifiy-tarbiyaviy va badiiy qiymatga ega bo‘lishi kerakligi, aks holda o‘quvchi bunday asardan qoniqmasligini yozadi. Adabiy asar vazifalarining taqsimoti quyidagicha, ya’ni bilim tashnaligini asarning ma’rifiy tomoni qondiradi, amalda esa, ezgu yo‘lga solish vazifasini uning tarbiyaviy jihati bajaradi va zavq talabiga uning badiyati javob beradi... Ammo asarning bu uch jihati o‘z vazifasini bajarishda bir-biriga ko‘maklashadi. Badiiyat asarning tarbiyaviy ta’sirining oshishiga va ma’rifat jihatining yaxshi o‘zlashishiga yordam beradi. Tarbiyaviylik ma’rifatga bo‘lgan intilishning va badiiyatning ta’sirini oshiradi. Ma’rifiylik asarning tarbiyaviy va badiiy tomonlarini mustahkamlaydi(247, 61). Biz til va adabiyot darslari o‘qituvchilariga milliy tarbiyaviy tushunchalarni shakllantirishda ana shu xususiyatlarga tayanishni tavsiya etdik.



SHuni ham qayd qilish kerakki, Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi barcha darsliklarni yangi, zamonaviy talablarga javob bera oladigan qilib yaratishning dolzarb zaruratini yaratdi. Jumaladan, “O‘qish kitobi”, “O‘zbek tili”, “Tabiatshunoslik”, “Riyoziyot” darsliklariga milliy mazmunga ega didaktik materiallarni kiritish Respublika o‘quv-metodik markazi tomonidan taklif qilindi(60). Bu sohadagi izlanishlarning ko‘lami tasavvur qilish uchun boshlang‘ich sinflar o‘quv darsliklariga milliy mazmun berish bo‘yicha olib borilgan ishlardan ayrim namunalar keltiramiz.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin