ISLOM FUNDAMENTALIZMI- sof va ilk islom asoslariga qaytish va an’anaviy islom aqidalariga rioya qilish demakdir.
IJTIHOD - islomda yangi paydo bo‘lgan diniy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘li.
INJIL - ilohiy habar, xristianlikning muqaddas diniy kitobi. Bibliyaning
tarkibidagi ikkinchi qismi.
ISLOMIY DAVLAT - islom dini qonunchiligi bo‘lgan shariat asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat.
ISROIL - yahudiylar o‘zlarini YA’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lgan «Isroil bolalari» nomi bilan atab, davlatini Isroil deb ataydi.
ISLOHOTCHI REFORMISTLAR- jamiyatdagi hozirgi mavjud shart-sharoitlardan norozi bo‘lib, ushbu tizimni diniy asosda o‘zgartirish tarafdorlari hisoblangan oqimdir.
IUDAIZIM - yahudiylik dinining nomi.
ISLOM EKSTREMIZMI - Musulmon mamlakatlaridagi hokimiyatlar siyosatida g‘arb davlatlari ta’siriga tushib qolish havfiga qarshi, qadimgi islom g‘oyalarini qayta tiklash uchun keskin chora-tadbirlar ko‘rish asosida hokimiyatni qo‘lga olishni maqsad qilib qo‘yadi.
KA’BA- islom dinining eng muqaddas, asosiy ibodatxonasi. Makka shahrida joylashgan masjidlar majmuasi, islom dinining qiblasi.
KOFIR- islom diniga ishonmaydigan, diniy e’tiqodga rioya qilmaydigan odamlarga nisbatan ishlatiladi.
KONFESSIYA - (lot-e’tiqod, e’tirof) muayyan Yo‘nalishdagi diniy e’tiqod.
MAZHAB - (arab. «Yo‘l», «oqim») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo‘nalishi.
MAFKURA - ma’lum bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh, partiya yoki millatning tub manfaati, maqsad va vazifalarini nazariy asoslab himoya qiluvchi, shu maqsad yo‘lida ularni birlashtiruvchi, safarbar qiluvchi falsafiy, siyosiy, ahloqiy, diniy, huquqiy qarashlarning sistemalashtirilgan ilmiy bilimlar majmuasidan iboratdir.
MODERNIZM - dinda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, davrga moslashish, yangilanish oqimi.
MUSULMON - islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi.
MUTAASSIBLIK - (fanatizm) o‘z g‘oyasini o‘ta «to‘g‘ri» deb boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
MUHADDIS - (arab. «Hadis so‘zlovchi») Payg‘ambar hadislarini to‘plab, ularni tartibga solib, to‘plam holatiga keltirgan olim.