SIYOSIY TERRORIZM - siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutib, ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik, qotillik, qo‘rqitish usullari bilan hokimiyatni qo‘lga olish yoki uni saqlab turishni ifodalaydi. (Masalan XX asrdagi sobiq SSSRda bolshevizm yoki Gitler Germaniyasi va Italiyada fashizm terrori).
SUNNIYLIK - (ahli sunna val-jamoa) islomdagi yirik yo‘nalishi, jahon musulmon aholisining 92,5 foizini tashkil qiladi.
SEKULYARIZM - diniy-ekstremistik-g‘oyaviy manbaalaridan biri bo‘lib, islom siyosiylashuviga qarshi, dinning davlatdan ajralishini qo‘llab-quvvatlovchi oqim.
TERRORIZM - (lot. qo‘rquv, dahshat) yovuz maqsadlar Yo‘lida, siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o‘rnatishga hamda aholida vahima va dahshat o‘yg‘otishga qaratilgan usul bo‘lib, qo‘rqitish yo‘li bilan o‘z hukmini o‘tkazib, davlatni qo‘latuvchi, hokimiyatga erishishda parokandalikka olib boruvchi usuldir. Bu yo‘lda suiqasd, ko‘poruvchilik, portlatish usullaridan foydalaniladi.