O‘ZBEKISTON ISLOM HARAKATI- 1996 yilda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik «O‘zbekiston islom partiyasi» ham deb atashdi. Hozir esa Turkiston Islom partiyasi deb nomini o‘zgartirishdi. Bu tashkilot diniy ekstremistik va terrorchilik yo‘nalish bo‘lib, asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida «Buyuk Islom halifaligini» tiklashni ko‘zda tutadi. Asosiy kurash usuli terrorchilik. «Harakat» rahbari (amir Tohir Yo‘ldoshev.)
QIYOMAT - (arab. «Tik turish») bu dunyoning oxiri, narigi dunyoning boshlanishi ya’ni oxiratda barcha o‘lganlarning qayta tirilib, hayotidagi qilgan savob yoki gunoh amallaridan hisob berish davri.
QUR’ON - (arab. «o‘qish», «muqaddas yozuv») islom dinining muqaddas kitobi.