Bolalar folklori



Yüklə 64,69 Kb.
səhifə5/12
tarix09.06.2023
ölçüsü64,69 Kb.
#127968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-maruza. Bolalar folklori Bolalar adabiyoti

HUKMLAGICHLAR ham qadimgi ajdodlarimizning totemistik e’tiqodlariga daxldor marosim qo‘shiqlarining ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ta’sirida transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuariga o‘tgan va bolalarcha mushohadakorlik zamirida qayta sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar hisobiga to‘lishgan badihalar silsilasidir. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalarning hasharotlarga munosabati ifodalangan hukmlagichlarda ravshanroq ko‘rinadi.
Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatni ko‘rganda uning vositasida fol ochish an’anasi mavjud: Beshiktervat, beshiktervat, Salima xolam nima tug‘adi?
Beshiktervat o‘ng oyog‘ini ko‘tarsa – o‘g‘il, chap oyog‘ini ko‘tarsa – qiz tug‘ilishiga yo‘yilgan.
Ertapishar xalili uzum xol tashlaganda xonqizi, tillaqo‘ng‘iz hasharotlari ko‘payadi. Bolalar orasida xalilipazak yoki hasanak nomlari bilan ham yuritiladigan xonqizi sirtida nuqtasimon xolchalar borligidan unga xol deb murojaat qilishadi:
Xol, xol, xol,
Otang o‘ldi,
Onang o‘ldi,
Borib xabar Olmaysanmi?
Rivoyatga ko‘ra, xonqizi aslida podsho qizi bo‘lgan-u, qashshoq bir cho‘ponni sevgani uchun g‘azablangan otasi uni “Iloyo, qumursqaga aylan!”– deya qarg‘agan emish. Shu qarg‘ish tutib, u hasharotga aylanganmish. Xonqizi deyilishi shundan qolganmish. Tillaqo‘ng‘iz, kaltakesak, ilonga ham shu xildagi murojaat tarzida to‘qilgan hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg‘a, musicha, to‘rg‘ay, bedana, qaldirg‘och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning ma’lum qismida totemizm ta’siri bir qadar sezilsa-da, taqlidiy so‘zlar faolligida to‘qilgan aksar namunalarida bu ta’sir, asosan, so‘ngan. Taqlidiy so‘zlar hukmlagichlarda ma’lum poetik vazifani bajaradi:
– Qurvaqajon, vaq-vaqa,
Ko‘zing nega bundaqa?
– Bugun o‘sma qo‘ymadim,
Shuning uchun shundaqa.
Taqlidiy so‘zlar yordamida yaratilgan bunday hukmlagichlarning ko‘pchiligi totemistik aqidalar ta’siridan xoli bo‘lib, bevosita bolalar dunyoqarashini, ularning voqelikka hayratomiz munosabatlarini, idrok va zavqlaridagi o‘zgachalikni aks ettiradi.

Yüklə 64,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin