164
jamg‘armasi tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov tashkil etilgan va
o‘tkazilgan edi.
Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining
filiali) direktori Tigran Mkrtichev Savitskiy muzeyi direktorligiga o‘tkazilgan
ochiq tanlovda g‘olib deb topildi.
I.V. Savitskiy nomidagi Nukus muzeyi direktori lavozimiga tanlov g‘olibi
Tigran Mkrtichev 2021-yil 2-yanvardan o‘z vazifasiga kirishdi.
Qoraqalpog‘istonning
muzeylari
va
ko‘rgazma
pavilyonlarining
faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining g‘oyaviy fuqarolik
tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi
mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob
beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli,
axloqiy yetik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi,
millatlararo totuvlik g‘oyasi tobora ommalashib, jamiyat milliy iqtisodiy
rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va
etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni
Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi
istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi.
Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga
topshirildi. Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y
berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi,
odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.
Dostları ilə paylaş: