Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари



Yüklə 369 Kb.
səhifə14/17
tarix25.11.2023
ölçüsü369 Kb.
#134185
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faol~

Sifatlarni aniqlash.
O`quvchilar narsa va shaxsning belgisini bildiradigan so`zlar- sifatni 1-sinfdan boshlab, boshlang`ich ta'limning yuqori sinflarida ham o`rganadilar. O`quvchi mashq matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni aniqlab olish ko`nikmasini egallagach, ularga o`qish darslarida «Badiiy asar matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni toping» degan topshiriq berilishi mumkin.Bu topshiriq ona tili darslarida ham mashqni bajarib bo`lgan o`quvchilarga berilishi mumkin. Bunday o`yin-mashqlarga butun sinf o`quvchilari jalb etilsa, ularning o`zlashtirish darajasi unumliroq bo`ladi.
Masalan, o`quvchilarga «O`qigan asaringizdagi belgi bildiruvchi so`zlarni
quyidagi jadvalga yozib boring», degan topshiriq berish mumkin:



Rang bildiruvchi so'zlar

Maza bildiruvchi so'zlar

Shakl bildiruvchi so'zlar

Hajm bildiruvchi so'zlar



Qizil, jigarrang

Taxir, achchiq

Dumaloq, egri

Semiz, baland

Shunday qilib, o`quvchilar «O`qish kitobi», “Odobnoma” va boshqa badiiy asarlarni o`qiganda o`qigan matnlarida qo`llangan va ulardan aniqlay olgan sifatlarini yozib boraveradilar.


To`rtinchisi ortiqcha.
Bu mantiqiy o`yin. Bolaga 4 ta narsaning rasmini bering. 3 tasi bitta umumiy tushunchaga daxldor bo`lsin. U «ortiqcha»sini topsa, rag`batlantiriladi. Rasmlar to`plami turlicha bo`lishi mumkin: stol, stul, krovat va choynak, ot, mushuk, it va qisqichbaqa, archa, qayin, chinor va qulupnay, bodring, sholg`om, sabzi va quyon.
Agar bola hamma topshiriqdarni to`g`ri bajara olmasa, ajablanmang. Uning fikrlari va asoslarini tinglashga harakat qiling. Chunki bolaga quyon bilan sabzining bir-biriga bog`liqligi bodring va sholg`om kabi sabzavotlar qatoridan sab-ini ajratib olishiga asos bo`lishi mumkin. Unga sabzavot va jonivorlar degan tushunchaga asoslanib to`g`ri javobni topishda va quyon «ortiqcha» ekanini bilishda yordam bering. Bunda bolaga umumlashtiruvchi jumlalar aytish orqali o`zi javob topishiga imkon yaratib bering. Olamda nima bo`lmaydi?
Bolaga olamda yo`q, narsalar rasmini chizishni topshiring. Rasmdagi narsa nega olamda yo`qligini so`zlab berishni so`rang. Agar o`yinda o`zingiz ham ishtirok etsangiz, u yanada qiziqarli bo`ladi.
Hamma bir narsa haqida oilada bo`ladigan suhbatlarni biron-bir narsa haqidagi umumiy sifatlar va tushunchalar atrofida tashkil etib, bolalar ham unga jalb eti-ladi: daraxt nimaga o`xshaydi, nimadan farq qiladi? Daraxt bo`la turib nega odamlar plastmassa, temir kabilarni kashf etdi? U nimasi bilan noqulaylik kasb etadi? Yog`ochdan jihozlar, idishlar, o`yinchoqlar yasagan odam qanday sifatlar-dan foydalanadi? Yog`och maydalari va qirindilari nima maqsadda ishlatiladi? Yog`och cho`kadimi? Yonadimi? Bo`yaladimi? Nam tortadimi? Qiziydimi? Suv o`tkazadimi?
Bo`lishi mumkin — bo`lmaydi.
Bu o`yin boy tasavvur va sog`lom fikrni talab etadi. Siz aytayotgan narsalar bo`lishi mumkin yoki aksincha ekanligini bola mushoxada qilib kurishi kerak. Agar u to`g`ri javob topsa, navbatdagi topshiriqni bola sizga beradi. Agar noto`g`ri javob bersa, navbat yana sizda bo`ladi. Bunda siz bo`ladigan, bo`lmaydigan misollarni aniq, keltiring, masalan: «Bo`ri daraxtda o`tiribdi», «Idishda piyola pishayapti», «Mushuk tomda yuribdi», «Kuchuk tomda yuribdi», «Qayiq osmonda suzib ketyapti», «Qizcha rasm chizayapti», va x.k. Agar sizning va bolaning farazlari turlicha va kutilmagan tarzda berilsa, o`yin quvnoqroq, va qiziqarliroq bo`ladi. Agar ba'zan yanglishib ketsangiz, bu o`yinning faqat qiziqarli bo`lishini ta'minlaydi.
Nimadan nima hosil bo`ladi?
Bola kattalarning savollariga javob beradi: «tuxum, jo`ja, bola, urug`, un, temir, g`isht, mato, tikuvchi, kasal va h.z.lardan nima hosil bo`ladi?». Bola bergan javoblarni muhokama qilishda yana boshqa javob variantlari mavjudligini ham ta'kidlash kerak. Masalan: tuxumdan nafakqat qushcha balki timsoh, toshbaqa, ilon bo`lishi va xatto ovqat qilish ham mumkin. Bir o`yinda 6-7 so`zni muxokama etsa, bo`ladi. Bu o`yinning yana bir varianti:
Avval nima bo`lgan edi?
Bu o`yinning mazmuni avval nima bo`lgan edi? degan savolga javob berishdan iborat:
jo`ja (tuxum), ot (toychoq), sigir (buzoq), balik, (ikra), olma (urug`), kapalak (qurt), non(un), shkaf (yog`och), velosiped (temir), ko`ylak (mato), tufli (teri), uy (g`isht), kuchli (kuchsiz) va x.z. Bundan tashqari bittadan ko`p ma'noga ega bo`lgan so`zlardan ham foydalanish mumkin. Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Eng zarurini tanlash (morfologik tahlil uslubi)
Aytaylik, biz rasm chizmoqchimiz va bir qancha so`zlarni keltiramiz: qalam, bo`r, guash, asfalt, tosh, kog`oz, bo`yoq cho`tkasi, barmoqlar, tayoqcha. Ulardan 3 ta so`zni tanlab olish kerak va shu narsalar ishtirokida rasm chizish mumkin bo`lsin. Qancha ko`p variant topish mumkin bo`lsa, shuncha yaxshi.
O`qitish samaradorligini oshiradigan o`yin musobaqa darslaridan ham keng foydalanish mumkin. Harakatli ta’limiy o`yinlar bolaning darsga bo`lgan qiziqishini oshiradi. O`yin orqali bolalar bilim oladilar, topqirlik va hushyorlikka urganadilar. Ayniqsa, o`yinlarni hayotga bog`lab musobaqa asosida tashkil qilish bolalar faolligini va qiziquvchanligini yanada oshiradi.
O’z o’rningni top”
Agar sinfda u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko’pincha tarbiyaviy tadbirning kirish qismida foydalanishadi va o’tilayotgan mavzuni o’rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchilarga o’z fikrini bayon qilishga, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Uchinchidan, dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba`zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi”, yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.





2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.


3. qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etildi.
4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarshilarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi.
5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirganlar va boshqa guruhga o’tuvchilar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ular o’z o’rnini o’zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo’ladi.
6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so’raladi.
Xullas, o’yinlar boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim vositalardan biri sifatida tan olingan. Ular orqali bolaning xulqi erkin shakllanadi, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bilishga oid qobiliyati o’zaro aloqada rivojlanuvchi faoliyatni vujudga keltiradi.

XULOSA
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.
Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.
SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin