Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə10/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
DHN savollar javobi

Gipoteza – huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi bo‘lib, u ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda harakatga kirishishi va uning dispozitsiya-si qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy shart-sharoit va mav-jud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi. Gipotezada huquq normasida belgi-langan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim amalga oshirilishi ko‘rsatila-di. Gipoteza huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan
qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar(voqea, harakat, holatlar) o‘zining ifodasini topadi. Masalan,fuqarolik huquqi normasi fuqarolar-ning muomala layoqati qaysi holda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroning to‘liq muomala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to‘la hajmda vujud-ga keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: O‘zbekiston Respubli-kasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli far-zandlar o‘z otaonalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», deb mustahkam-langan. Birinchi misolda «voyaga yetgan», ikkinchi misolda esa «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar»,deyilgan qismi ushbu huquq normalarining gipo-tezasidir, ya’ni«qachon, qay holatlarda qo‘llaniladi?» degan savolga javob ifodalangan.
Dispozitsiya – huquq normasining tarkibiy elementi bo‘lib, unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Dispozitsiya huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda huquq
subyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifodalangan bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66- moddasiga muvofiq, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar – bunda,demak, gipotezada ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni farzandlarning
voyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo‘lishi hollarining mavjudligi dispozitsiya-ning amal qilishiga sharoit tug‘diradi, ya’ni farzandlarda o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini vujudga keltiradi.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin