Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi yozish bo


Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi



Yüklə 186,05 Kb.
səhifə18/26
tarix27.01.2023
ölçüsü186,05 Kb.
#122632
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan

Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Insonparvarlik – bu zamonaviy huquqiy demokratik hayot qoidasi va ijtimoiy tuzilishi ustunlaridan biriga aylanmoqda, zero u insoniyatning baxt-saodat va adolatga erishuvi orzusini dunyoviy, diniy va falsafiy jihatdan asoslaydi.
O’rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy. Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, Fitrat, Muqimiy, Avaz O’tar, Abdulla Avloniy va boshqalar o’z asarlarida inson erkinligi uning qadr-qimmati va insonparvarligi buyuk g’oya degan fikrni olg’a surganlar, chunki insonparvarlik jamiyatida «Agar sen kishilarning qadr-qimmatini hurmat qilsang, kishilar ham sening qadr-qimmatingni hurmat qiladi» tamoyili tantana qilgan va tantana qiladi. Insonparvar kishilar uchun o’z xatti-harakatlarini jamiyatning adolatli va oqilona Qonunlariga ko’ngilli va tabiiy ravishda amal qilishga o’rganganlar, yangi insonparvar jamiyat yangi, lekin u albatta insoniyatning insonparvarlik an`analarini, asrlar davomida shakllangan ezgulik printsiplarini inobatga oladigan axloqni yaratish yo’lidan boradi. Insonparvar dunyoqarash, inson ijodkorligining manguligini tasdiqlaydi, shuning uchun o’tmish allomalari insonparvarlikka alohida e`tibor qaratgan .
Yoshlarda insonparvarlik his tuyg’ularini tarbiyalashning nazariy asoslarini akademik E.I.Monoszon, pedagogik yo’nalishlarini I.S Marenko, B.T.Lixachev, O.S.Bagdanova, N.Ortiqov, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, Sh.Abdullaeva, X.Ibragimov, boshlang’ich sinf tarbiyalanuvchilari tarbiyasining turli yo’nilishlarini G.Komilova, L.Shonosirova, M.Xalilova va boshqalar o’z risolalarida yoritganlar. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta`lim-tarbiya berish ishlari M.Nazarov, M.Nishonboeva, M.Xoshimova, Z.Ismoilova, O.Xasanboeva, O.Turaeva, O.Abdullaeva, O.Ibodullaeva, S.Matrusov, O.Kalinina , M.Muxliboev va boshqalarning ishlarida aks ettirilgan .
Pedagogik, psixologik adabiyotlarning tahlili va amaliy faoliyat mazmunini o’rganish shundan dalolat bermoqdaki, o’quvchilarni insonparvarlik ruhida- tarbiyalash borasida ancha nazariy ma`lumotlar to’planib amalda joriy qilingan. Ammo bugungi kunda insonparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini boshlang’ich sinf o’quvchilaridan boshlashga talab darajasida e`tibor qaratilmagan. Holbuki, boshlang’ich sinf o’quvchilari barcha ilmiy bilimlarni egallash, dunyoqarashni tarkib topish, ma`naviy-axloqiy salohiyatni tarbiyalashning poydevoridir. Boshlang’ich sinf o`quvchilarini insonparvarlik ruhida tarbiyalash ta`lim-tarbiyasiga oid yaratilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, bu davr bolalari uchun ta`lim-tarbiya, ayniqsa insonparvarlik tarbiyasi ishlarini yo’lga qo’yish qulay davr ruhi hisoblanadi. Shuni inobatga olib, biz boshlang’ich sinf o`quvchilarini insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yo’lga qo’yish uchun kurs ishi mavzusini «Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash » deb nomladik.

Yüklə 186,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin