Buxoro davlat universiteti


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə6/42
tarix02.02.2022
ölçüsü372,5 Kb.
#114093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil, 10-dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 18/75- sonli qarorlarida shunday fikrlar bayon etilgan: “ O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda kadrlar tayorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillar o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, Respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimi yaratildi”.1 Yaratilgan ushbu tizim asosida magistratura mutaxassisliklari uchun yangi DTS va o’quv dasturlari yuzaga keldi. Boshqa sohalar qatori tilshunoslik sohasida ham mukammal tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Tilshunoslikda o’zining alohida o’rniga va salmog’iga ega soha – frazeologiya sohasi ham yangi bosqichga ko’tarildi. Frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog’liqdir.

Frazeologik birliklar obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi eng muhim vositalardan biridir. Ular badiiy, siyosiy va publitsistik matnlarning ifodaviy ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Shu boisdan frazeologizmlar tilshunoslikning alohida sohasi hisoblangan uslubshunoslikda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar ixcham, ma’no jihatdan salmoqli til birligi bo’lib, davr ruhiga mos keladi, chunki milliy qadriyatlar, urf-odatlar rivoj topib borayotgan davrda so’zlovchidan har tomonlama ixcham, asosli, obrazli va ta’sirchan shaklda ifodalashni taqozo etadi.

Frazeologizmlarning turli tillar doirasida qiyosiy o’rganish, ularning til va nutq bosqichlaridagi umumiylik va xususiylik dialektikasini yoritish, alohida olingan sohalarda frazeologik birliklar, ularning semantik-grammatik va nutqning vazifaviy uslublarida uslubiy xususiyatlarini ochib berish, ayniqsa, kasbga oid frazeologik birliklarning semantik, grammatik va emotsional – ekspressiv xususiyatlarini belgilash mazkur magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini belgilaydi.




Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin