Buxoro davlat universiteti



Yüklə 355,37 Kb.
səhifə4/12
tarix07.07.2022
ölçüsü355,37 Kb.
#117372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Buxoro davlat universiteti

Olingan asosiy natijalar. Ishni bajarish jarayonida kasb-hunar ta’limi, umumiy o’rta maktablar bo’yicha va informatsion texnalogiyalarga oid adabiyotlar to’plandi. Internet sahifalari, Buxoro Davlat universiteti axborot-resurs markazi, Buxoro Davlat universiteti huzuridagi “Kompyuter va axborot texnologiyalari” akademik litseyi axborot-resurs markazida, Buxoro tumanidagi 25-umumiy o’rta ta’lim maktabi axborot-resurs markazida toplangan adabiyotlar tahlil qilindi, o’qituvchilarning “fizika” fani mavzulari bo’yicha o’tayotgan mashg’ulotlari kuzatildi, o’qituvchilar bilan suhbat o’tkazildi, ular asosida “fizika” kursining mexanika bo’limidagi ayrim masalalarni komputer texnologiyalari asosida bajarishning tartibi belgilandi.
Ushbu ko’rsatmalarga asoslanib, dasturlash tillari, Web sahifalar qurish dasturlari, Borland Delphi dasturi o’rganib chiqildi va grafik interfeysli trenajyor yaratishda foydalanildi.
Olingan natijalarning asoslanganligi. Elektron o’quv qollanmani yaratishda va kompyuterda dars mashg’uloti imitatsiyasini tashkil etishga dasturlash tillari, Web sahifalar qurish dasturlari, Turbopaskal va Borland Delphi dasturlari, “fizika” fani bo’yicha chop etilgan adabiyotlardan, komputer texnologiyalari bo’yicha to’plangan adabiyotlardan foydalanildi. Kompyuterda olingan natijalar bevosita ana shu yuqorida keltirilgan materiallarga asoslangandir.
Ishning yangiligi.
1. Multimedia texnologiyasi asosida elektron o’quv adabiyotlarni yaratishga zamonaviy yondoshuvlardan foydalanildi;
2. Umumiy o’rta maktablar va o’rta maxsus ta’limida fizika kursining mexanika bo’limini o’qitishda qulay grafik interfeysli dasturiy vosita tayyorlandi;
3. Mexanika bo’limidagi yerdan burchak ostida otilgan jism harakatini matematik modellashtirish bo’yicha dasturiy vosita tayyorlandi.
Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida tayyorlangan “fizika” fani mexanika bo’limini o’qitish boyicha tayyorlangan grafik interfeysli dasturiy vositadan umumiy o’rta ta’lim maktablarning 7-sinfida, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida darslarni o’tishda bevosita foydalanish mumkin.

Yüklə 355,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin