4-Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida iterfaol metodlardan
foydalanish.
Maqsad: Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan
foydalanish ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika
darslarida interfaol metodlardan ( aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli
zukko va boshqalar ) dan foydalanishga o’rgatish.
Dars materiallari: Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi (OO’Y
uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426b.
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish
mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan
praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil.
Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya
mashg’ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil.
20 b/t.
Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s.
Tayanch tushunchalar: Metod, o’qitish, aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB,
zakovatli zukko, 6x6x6,
Mashg’ulot rejasi:
1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini.
2. Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha.
3. Klaster metodining mohiyati. Insert usuli
Mashg’ulotning borishi:
4. 1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga
asta- sekin, bosqichma –bosqich o’tishimiz, jamiyatimizda ro’y berayotgan
ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar va fan- texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim
mazmuning takomillashuviga ob’ektiv omil vazifasini bajaradi.
Respublikamizda ta’lim sohasida chuqur islohotlarning o’tkazilayotganligi
xorijdagi ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar, jahon ta’lim standartlariga
yaqinlashishga intilish, darslik va o’quv dasrurlari yangi avlodining yaratilishi,
darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo’ladi.
Ta’limning interfaol usullarining markazida o’quvchi shaxsining mustaqil
tafakkurlay olishga o’rgatish masalasi turadi. Ko’p yillik qolipga o’rnashgan, eski
tipdagi darslar tizimi o’quvchilarning erkin fikrlashiga to’siq bo’lib, faqatgina
o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi.Ta’limda intefaol usullarni
qo’llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o’quvchida yashirinib turgan
qobiliyat va ist’dodlarni ro’yobga chiqarish hamda ularda o’z imkoniyatlariga
ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi.Ta’limning intefaol usullarini maktab
amaliyotida qo’llash , o’quvchiga har bir fandan o’rganiladigan ilmiy tushuncha va
qonuniyatlarni shunchaki o’rganib qolmasdan , balki uni keltirib chiqaruvchi
sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |