Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə28/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi. Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin oqibatlar darhoi yuzaga kelmadi, balki m a’lum vaqt o'tganidan keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar natijasida, m a’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibatlar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bolada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z vaqtida rivojlanmaganida m a’lum bo'ladi.
Birgina sabab, m a’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqarishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlarning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq. Ushbu omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayo nidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri.
Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili. Korreksion ishning vazifalari bola rivojlanishining to'liq psixologik diagnostikasiga asoslanganidagina to'g'ri belgilanishi mumkin. Psixologik diagnostika va korreksiya bir-birini to'ldiradigan jarayonlardir. Shuning uchun bolaga psixologik korreksiya kerakmi yoki yo'q degan savolga javob berishdan oldin, bolaning psixologik rivojlanish xususiyatlarini, muayyan yangi psixologik hosilalarning shakllanganlik darajasini, malakalar, bilimlar, ko'nikmalar, shaxsiy va shaxslararo aloqalarning rivojlanganlik darajasining bola yoshi bosqichlariga muvofiqligini aniqlab olish zarur.
Alohida individuumning barcha psixik xarakteristikalarini bir butun (yaxlit) o‘rganish tamoyili determinizm va tizimlilikning umummetodologik tamoyillarini yanada aniqlashtiradi. Bu tamoyil L.S. Vigotskiyning biron buzilishning tizimli tahlilini amalga oshirish imkonini beradigan nuqson tuzilishi haqidagi konsepsiyasining asosini tashkil qiladi. Bu tamoyilning mohiyatini faoliyatli psixologiya doirasida ko'proq ochib berish mumkin. Unga ko'ra inson o'zini predmetli-manipulyativ, o'yin, o'qish va mehnat faoliyatida imkon darajada to'liq namoyon etadi. Bunday yondashuv sinalayotgan shaxs psixikasining barcha sohalarini - shaxsi, intellekti, xulqatvorini, ochish imkonini beradi.
Insonga shaxs sifatida yondashish tamoyili nutq kamchiligiga ega shaxslarni tekshirishda g'oyat muhimdir. Bolaning emotsionalirodaviy holatini belgilab beradigan xulq-atvor yo'nalishini hisobga olmasdan turib, psixologik yordam samarali bo'la olmaydi. Psixolog har bir bolani va uning ota-onasini nodir, avtonom individlar sifatida qabul qilishi hamda ularning erkin tanlash, o'zini-o'zi belgilash huquqini, o'z hayoti bilan yashash huquqini tan olishi va hurmat qilishi lozim.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin