Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə36/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5.2. Quvib o’tish punktlari

Quvib o’tish punktlari deb ikki yo’llik uchastkalarda tegishli yo’l tarmoqlari bo’lgan ajratish punktlariga aytiladi. Ular poezdlarni tez yurarlari tomonidan quvib o’tish, harakatni bir bosh yo’ldan ikkinchisiga o’tkazish, yo’lovchi va ayrim hollarda yuk ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi.


Poezdlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan qabul-jo’natish yo’llari quvib o’tish yo’llari deyiladi. Quvib o’tish punktlari qabul jo’natish yo’llarining ko’ndalang, bo’ylama va yarim bo’ylama joylashishi bilan, hamda yolg’iz quvib o’tish yo’li chizmalari bilan farqlanadi. Quvib o’tish punklarida bosh yo’llardan tashqari quvib o’tish yo’llari, dispetcherlik s’ezdlari, xizmat xonalari, SMB va aloqa qurilmalari, kirish va chiqish signallari, kontakt simlari tarmoqlari, zarur sharoitlarda yo’lovchi platformasi va ortish-tushirish berk yo’llari quriladi.
Bekat va tugunlarni loyihalash bo’yicha yo’riqnomada quvib o’tish punktining to’rtta turi (5.3 rasm) tavsiya etilgan: ko’ndalang (a), yarim bo’ylama (b), hamda bir quvib o’tish yo’li bo’lgan (v) chizmalari.
Bulardan eng ko’p tarqalgani a- chizma bo’lib, u barcha ikki yo’llik uchastkalar uchun asosiy chizma sifatida tavsiya etiladi.

Rasm 5.3. Quvib o’tish punktlari

a-chizma quvib o’tish punktining afzalliklari uning qisqa maydonchada joylashishi, kamchiligi esa 3- yo’l quvib o’tuvchi yuk poezdi bilan band bo’lganda yo’lovchilarning 4-yo’ldagi poezdga o’tishining noqulayligidir. To’xtagan yuk poezdining joydan qo’zg’alishini engillashtirish yoki ortish-tushirish maydonchalarini bosh yo’lning ikki tomonida joylashtirish talab etilsa, quvib o’tish yo’llari o’zaro siljitib joylashtirilgan yarim bo’ylama turdagi b-chizma tavsiya etiladi. Bu chizma bo’yicha yo’lovchilarni chiqarish va tushirish uchun qulay sharoit ta’minlanadi.


Quvib o’tish punktlariga kirish oldida ikkitadan dispetcherlik s’ezdi qurilib, ular yordamida biror bosh yo’l bo’ylab harakat berkitilgan holatlarda poezdlar harakatini ikkinchi bosh yo’lga o’tkaziladi.
Quvib o’tish punktlarida bir yoki ikki qabul-jo’natish yo’llari yotqiziladi, tugun oldi quvib o’tish punktlarida esa yo’llar yana bittaga oshirilishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin