Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə42/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

7 bob. Uchastka bekatlari


7.1. Uchastka bekatlarining vazifasi

Uchastka bekatlarini quyidagi asosiy vazifalarni bajarish uchun mo’ljallanadi; o’tkinchi tranzit poezdlarga xizmat ko’rsatish, lokomotivlar va lokomotiv brigadalarini almashtirish; uchastka va terma poezdlar tarkiblarini tarqatish va qayta tuzish; harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish; hamda yo’lovchi yuk va tijorat ishlarini bajarish. Uchastka bekatlari sanoat korxonalari, omborxonalar va konlarning tarmoq yo’llariga xizmat ko’rsatadi. Ayrim uchastka bekatlarida yo’lovchi vagonlarini suv va yoqilgi bilan ta’minlash, izotermik vagonlar ta’minoti va boshqa jarayonlar bajariladi. Poezdlarga lokomotiv xizmatini ko’rsatish buyicha uchastka bekatlari asosiy, qaytarish deposi yoki lokomotivlarni qaytarish va lokomotiv brigadalarini almashtirish punktli bulishi mumkin.


Uchastka poezlarida ikki xil guruh vagonlari kelishi mumkin; shu bekatda tushirish yoki ortish uchun keladigan vagonlar va yondosh uchastkalardagi oraliq bekatlariga boradigan vagonlar guruhi. Ikkinchi guruh vagonlaridan terma poezdlar va boshqa ko’p guruhli poezdlar tuzilib, ularda uchastkalardagi oraliq bekatlariga boradigan vagonlar tartibli qilib qo’yiladi.
Terma poezdlarda keladigan vagonlardan va bekatda ortilgan yukli vagonlardan keyingi uchastka va saralash bekatsigacha boradigan yangi uchastka poezdlari tuziladi, ayrim holatlarda esa o’tuvchi (skvoznoy) poezdlar tuziladi.
Uchastka va terma poezdlarni tuzish uchun vagonlar saralash parki yo’llarida to’planadi. Tarkiblarni tarqatish va qayta tuzish ishlari manevr tortish yo’llari orqali bir yoki ikki lokomotiv bilan bajariladi, ish hajmi katta bo’lgan holatlarda esa kichik quvvatli saralash tepaligidan foydalaniladi.
Tayyor bo’lgan tarkiblarni qabul-jo’natish yo’llariga o’tkazib yoki to’g’ridan-to’g’ri saralash parki yo’llaridan jo’natiladi.
Uchastka bekatlarining mahalliy vagon oqimini qayta ishlashdagi ahamiyati, shu bekatga yondosh uchastkalar uchun mahalliy poezdlarni tuzish rejasiga bog’liq bo’ladi.
Mahalliy yuk poezdlarini tuzish saralash va tugun uchastka bekatlarida bajarilsa va shunga tegishli mahalliy vagonlar oqimi bo’lganda muomalaga terma-o’tkinchi (sborno-skvoznoy), terma-uchastkali (sborno-uchastkovo’y) va uchastkali – guruhli (uchastkovo-gruppovoy) poezdlar kiritiladi.
Tugunsiz uchastka bekatlarida mahalliy poezdlarni qayta tuzish o’rniga o’tayotgan terma-o’tkinchi, terma-uchastkali va guruhli poezdlarda vagonlar guruhi almashtirlishi mumkin. Ajratilgan vagon guruhlarini tortish yo’li orkali saralash parki yo’llarigi o’tkaziladi, ulanadigan vagon guruhini esa saralash parkidan olib poezd tarkibiga ulanadi. Vagonlar guruhini tranzit poezdlarga ulanishi mumkin.
Terma o’tkinchi, terma uchastkali va guruhli poezdlar soni ko’p bulsa, ular bilan ishlash uchun qabul jo’natish parkida ikki-uch yo’lli aloxida sektsiya ajratilishi mumkin. Mavjud bekatlarda ushbu sektsiya qabul-jo’natish va saralash parki yo’llari xisobiga (bekatning umumiy yo’llar sonini oshirmay)ajratilishi mumkin. Yirik sanoatnoxiyalariga xizmat ko’rsatadigan uchastka bekatlarida o’tkinchi poezdlar va junatuvchilar marshrutlari poezd tuzish redasi asosida tuzilishi mumkin.
Uchastka bekatlarida yo’lovchi va bagajishlari odatda oraliq bekatlariga karaganda ancha katta mikdorda bajariladi. Uchastka bekatlarida tuxtab o’tadigan tranzit yo’lovchi poezdlari bosh yo’llarga yoki yo’lovchi qabul –jo’natishyo’llarida qabul kilinadi. Tranzit poezdning turish vaqtida yo’lovchilarning chikarish va tushirish bilan bir vaqtda bagaj, pochta ortiladi va tushiriladi, vagonlar tarkibi texnik ko’rikdan o’tkaziladi, ayrim vagonlar ajratmay ta’mirlanadi, ayrim bekatlarda tarkib suv bilan, kish kunlarida esa yokilgi bilan ta’minlanadi.lokomotivlar yoki lokomotiv haydovchilari (brigadirlar). Xozirgi vaqtda ayrim uchastka bekatlarida bajariladi. Ushbu uchastka bekatsida tuxtamaydigan, tez yurar yo’lovchi poezdlar bosh yo’llar orkalibetuxtov o’tkaziladi.
Uchastka bekatsining yuk ishlari kuyidagilardan iborat: vagonlarni yuk noxiyasida moddiy omborxonalarda va boshqa yuk frontlarida ortish-tushirish; bekatga ulanadigan korxona shaxobcha yo’llariga xizmat ko’rsatish; vagon tarozularida shu bekatda ortilgan yoki tarozu bulmagan oraliq bekatlaridan keladigan vagonlarni ortish. Ayrim uchastka bekatlariga mayda jo’natishlarni saralash, izotermik vagonlar ta’minoti, jonzot molli vagonlarni suv bilan ta’minlash, bush vagonlarni tozalash va yuvish kabi ishlarni bajarish yuklatilish mumkin.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin