Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Parklar va strelkali bo’g’izlarni loyihalash



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə48/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

8.2. Parklar va strelkali bo’g’izlarni loyihalash

Qabul-jo’natish parki yo’llarini loyihalash bekatning bosh yo’llaridan boshlanadi. Yuk poezdlari uchun har bar qabul-jo’natish parkining eng kalta yo’li ushbu liniyalar uchun belgilangan me’yoriy (standart) uzunlikda olinishi kerak; parkning qolgan yo’llari esa tuzilishi bo’yicha uzunroq chiqishi mumkin.


Uchastka bekatlarini loyihalashda strelkali bo’g’izlarining tuzilishiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Bo’g’izlar zaruriy o’tkazish qobiliyatini, harakat xavfsizligini, manevr ishlarining qulayligini ta’minlanishini, hamda parklar va yo’llrdan o’zaro almashtirib foydalanish imkonini berish kerak.
Bekatning strelkali bo’g’izlarida talabiy o’tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun ularda bajariladigan ‘harakat yo’llari imkon qadar ko’p bo’lishi kerak, ushbu maqsadlarda qabul-jo’natish parklarining bo’g’izlari aloxida sektsiyalarga ajratilib, yondosh sektsiyalarda parallel harakatlar bajarish ta’minlanadi. Har bir sektsiyada yo’llar soni 2-4 va ko’proq bo’lishi mumkin.
8.1a chizmada ikki yo’lli liniyalarda joylashgan ko’ndalang turdagi uchastka bekatsining kirish bo’g’izi chizmasi ko’rsatilgan. Chizmada bo’g’izning sektsiyalanishi PO-1 parkining quyi sektsiya yo’llaridan tarkiblarni tortishni A yo’nalishidan parkning yuqorigi sektsiya yo’llariga bir vaqtda qabul qilish imkonini beradi. Bir vaqtda bajarilishi mumkin bo’lgan harakat operatsiyalarining soni 3 ga teng; yo’lovchi yoki yuk poezdini bosh yo’l bo’ylab A ga jo’natish, A dan yuk poezdlarini qabul qili shva saralash tepaligidagi manevr ishlari. Saralash parki bo’g’izida 1G’6 markali simmetrik strelkali o’tkazgichlar yotqizilgan.




Rasm 8.1. Uchastka bekatlarining strelkali bo’g’izlari
Agar yo’lovchi poezdlari yon yo’l bo’ylab harakatlanadigan bo’lsa u holda 1G’11 markali yoki undan yotiqroq (1G’18, 1G’22) markali strelkali o’tkazgichlar qo’llaniladi. Yuk poezdlari qabul parklarining kirish bo’g’izlarida (ularning kirish oldidan tezligi 50 kmG’s dan yuqori bo’lsa) 1G’18 markali strelkali o’tkazgichlarni yotqizish mAqsadga muvofiq bo’lib, bunda poezdning bekatga kata tezlik bilan Kirishi ta’minlanadi, marshrutning bandligi kamayadi, hamda poezdlarning peregon bo’ylab yurgan vaqti qisqaradi. Uchastka bekatlarining bo’g’izlarini loyihalaganda bekat elementlarining chizmalari ko’rsatilgan tayyor albom chizmalaridan ko’proq foydalanish va ularni tegishlicha moslashtirish tavsiya etiladi.
Bekatning yo’l tarmoqlarini loyihalash tugatilgandan so’ng bekatning ko’ndalang kesimlari loyihalanadi; park yo’lari, lokomotiv xo’jaligi maydonchasi, yuk noxiyasi va boshqalarining satxi aniqlanadi; bekatdagi suvni qochirish, hamda boshqa barcha inshootlar loyilanganda,bajariladigan ishlarning hajmi va qiymati xisoblanadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin