Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Saralash bekatlarining tasniflanishi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə55/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

10.2. Saralash bekatlarining tasniflanishi.

Temir yo’l tarmoqlarining faoliyatidagi ahamiyatiga qarab saralash bekatlari asosiy (yoki tayanch), nohiyaviy va yordamchi turlarga bo’linadi.


Asosiy (tayanch) saralash bekatlari kuchli vagonlar oqimiga va katta miqdorda mahalliy ish xajmiga ega bo’lgan, hamda yuklarni ommaviy ravishda ortuvchi va tushiruvchi, zarur hollarda vagonlar oqimini saralovchi nohiyalarda muhim magistral (yo’nalishlar) liniyalar kesishadigan chorrahalarda quriladi. Ushbu bekatlarning asosiy vazifasi uzoq manzillarga to’g’ridan – to’g’ri o’zgarmay boradigan poezdlarni tuzishdan iborat. Shu qatorda asosiy (tayanch) bekatlarda boshqa kategoriyali yuk poezdlari ham tuziladi. Asosiy bekatlar bir saralash tizimida sutkasiga 3 - 4 ming vagonni qayta ishlaydi, ayrim saralash tizimlari esa sutkasiga 6,5 – 7,5 ming va undan ko’proq vagonlarni qayta ishlay oladi.
Nohiyaviy saralash bekatlari tugunlarda, ushbu va boshqa turdagi saralash bekatlari oralig’idagi uchastkalarda paydo bo’ladigan va tarqalib ketadigan vagonlar oqimini qayta ishlaydi va shu qatorda yondosh uchastkalarga uchastka, terma va eltib beruvchi poezdlar tuzadi, ayrim holatlarda esa kam sonli o’tuvchi poezdlar tuzadi. Nohiyaviy bekatlarga shu qatorda port saralash bekatlari va yirik sanoat nohiyalariga xizmat ko’rsatadigan sanoat bekatlari ham kiradi.
Saralash vositalarining turiga qarab saralash tepaligi bor bo’lgan va saralash tepaligi bo’lmagan bekatlar farqlanadi. Ularning birinchisi poezd tarkiblarini tarqatish va yangilarini tuzish uchun o’ta quvvatli, katta, o’rta va kichik quvvatli saralash tepaliklari bilan jihozlanadi, ikkinchilari esa strelkali bo’g’izlari nishablikda joylashgan yoki tepalikda joylashgan tortish yo’llari bilan jihozlanadi. Saralash tepaligi bo’lmagan bekatlar amalda uchastka bekatsidan tepalikli saralash bekatsiga o’tishda oraliq holatni egallab saralash yo’llari va qayta ishlanadigan vagonlar soni ko’p bo’lmaydi.
Ayrim chet ellarning temir yo’llarida butun bekat uzunligida yoki uning saralash yo’nalishida alohida parki boshidan oxirigacha yaxlit nishablikda joylashgan saralash bekatlari mavjud.
Qabul, saralash va jo’natish parklari birgalikda saralash tizimini (saralash komplekti) tashkil etadi. Saralash komplektlarining soniga qarab ikki turdagi bekatlar farqlanadi: bir tomonli (bir komplektli) saralash bekatlari, bir tizimda barcha tutashadigan yo’nalishlardan keladigan vagonlar oqimi qayta ishlanadigan va bir tizimdagi parklar toq yo’nalishdagi, ikkinchi tizimdagi parklar juft yo’nalishdagi vagonlar oqimini qayta ishlovchi ikki tomonli (ikki komplektli) saralash bekatlari. Ikki tomonli bekatlarda saralash tepaligi bilan ikkala tizim yoki ulardan biri jihozlanishi mumkin.
Hozirda saralash yo’nalishiga qarshi yo’nalish poezdlarini qabul qilish va jo’natish parkidan chiqarib yuborish uchun halqasimon kelish va ketish yo’llari bo’lgan bir tomonli saralash bekatlari qurilgan. Shu qatorda yarim halqasimon o’tish yo’llari va tepalik osti ko’prikli o’tkazish yo’llari, hamda o’tkinchi poezdlar uchun tranzit parklari har xil (qabul yoki jo’natish parklariga parallel) joylashgan saralash bekatlari ham mavjud. Asosiy parklarning o’zaro joylashuviga qarab uch xil saralash bekatlari bo’ladi: parklari ketma-ket, parallel va kombinirlashgan turdagi bekatlar. Oxirgi turdagi bekatlarda faqat yagona bir park saralash parkiga ketma-ket, boshqasi esa saralash parkiga parallel joylashgan bo’lishi mumkin.
Bekatlarda bosh yo’llar ikki tomondan o’rab yoki faqat bir tomonidan joylashishi mumkin. Revolyutsiyadan ilgari qurilgan ayrim bekatlarda bosh yo’llar bekatlarning ichidan (ikki tomonli bekatlarda ikki tizim orasidan) o’tishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin