Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə58/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

11 bob. Yuk bekatlari


11.1. Yuk bekatlarining turlari va vazifalari


Yuk bekatlari vagonlar oqimini qayta ishlash va yuk operatsiyalarini bajarish uchun mo’ljallanadi.Ushbu bekatlarda tashish jarayoni boshlanadi va tugallanadi. Yuk bekatlari har xil transport turlarining tutashish punktlari hisoblanadi, masalan temir yo’llarning avtotransport, suv transporti, sanoat transporti, quvur tarnsporti bilan.
Vazifasiga ko’ra yuk bekatlari ixtisoslash- tirilmagan, ixtisoslashtirilgan va korxonalarning shoxobcha yo’llarida joylashgan turlari mavjud. Ixtisoslashtirilmagan yuk bekatlarida turli xil yukli vagonlar qayta ishlanadi, korxona temir yo’llariga vagonlar beriladi va olinadi. Ixtisoslashtirilgan yuk bekatlarida korxona temir yo’llariga va ayrim turdagi yuklarni (konteynerlarni, og’ir vaznli, mineral-qurilish, yog’och, quyma va boshqa yuklar) tashishga xizmat ko’rsatiladi. Korxonalarning shoxobcha yo’llarida joylashgan yuk bekatlarida magistral temir yo’llardan har xil korxonalar nomiga keladigan vagonlarga, hamda ortish-tushirish punktlariga xizmat ko’rsatiladi.
Bajaradigan ishlarining hususiyatiga qarab yuk bekatlari quyidagi turlarga bo’linadi: yuk ortuvchi (kichik hajmda yuk tushiruvchi), asosan bo’sh vagonlar qabul qilinib vagonlar yuklanib jo’natuvchi; yuk tushiruvchi (yuk ortish kam miqdorda), yukli vagonlar qabul qilinib asosan bo’sh vagonlar jo’natuvchi; katta hajmda ortish-tushirish ishlarini bajaruvchi, qo’sh operatsiyalarni bajarishga imkon beruvchi ortuvchi-tushiruvchi bekatlar; qaytadan yuklaydigan yuk standiyalari. bir turdaga temir yo’ldan boshqa kenlikdagi (g’arbiy evropa temir yo’llari kengligidagi) temir yo’l vagonlariga qayta yuklanadigan joylarda quriladi.
Texnik alomatlariga ko’ra katta, o’rta va kichik ish hajmiga ega bo’lgan yuk bekatlari farqlanadi. Parklarining bir biriga nisbatan joylashishiga ko’ra ko’ndalang, yarim bo’ylama va bo’ylama turdagi yuk bekatlari mavjud.
Ish hajmiga va yuk operatsiyalari xususiyatiga qarab yuk bekatlari quyidagicha farqlanadi: yirik yuk nohiyasiga va takomillashgan ombor xo’jaligiga ega bo’lgan, asosan donali – g’ilofli, to’kma yuklar, konteynerlar va boshqa yuklar bilan ortish-tushirish ishlari bajarilib katta shaharlar va yirik sanoat markazlarida joylashgan yuk bekatlari. Bu kabi bekatlarning ko’pchiligi katta shaharlar va yirik sanoat markazlarida joylashib sutkasiga 200-400 vagonni qayta ishlaydi; asosan sanoat korxonalariga va birlashgan transport xo’jaliklariga xizmat qiluvchi yuk bekatlari, temir yo’l shoxobchalari orqali maxsus ortish-tushirish punktlariga xizmat ko’rsatadi (yog’och yuklaydigan, don yuklaydigan, neft maxsulotlarini quyuvchi va to’kib oluvchi punktlar, tez buziluvchan yuklarni saqlovchi va turli hildagi bazalarni kiritish mumkin); yuk ishlarini kam sonli bekatlarda kontsentratsiyalash sharoitlarida yuzaga keluvchi tayanch yuk bekatlari va sh.k.
Maxsuslashtirilmagan yuk bekatlari temir yo’llarida eng ko’p tarqalgan bekatlar hisoblanib ularda juda ko’p turdagi yuklarga xizmat ko’rsatiladi. Maxsuslashtirilmagan yuk bekatlarida texnik, tijorat va yuk operatsiyalari bajariladi.
Yuk bekatlarining texnik operatsiyalariga poezdlarni qabul qilish va jo’natish ishlari, texnik xizmat ko’rsatish va tijorat ko’riklari, poezdlarni tarqatish, yuk frontlariga vagonlarni berish va yig’ib olish, hamda vagonlarni tuzib bekatdan jo’natish kabilar kiradi.

11.2. Yuk bekatlarining asosiy qurilmalari


Poezdlarni qabul qilish, jo’natish, qayta ishlash va yuk ortib-tushirish punktlariga xizmat ko’rsatish ishlarini bajarish uchun yuk bekatlarida yo’llar, saralash qurilmalari, yuk nohityasi, ayrim holatlarda esa lokomotivlarni ekipirovka qilish va vagonlarni ta’mirlash qurilmalari, ishlab chiqarish-texnik binolar va boshqa inshootlar bo’ladi.
Ushbu bekatlarda qabul-jo’natish, saralash, ortish-tushirish, vagonlarni chiqarib qo’yish va yurish yo’lllari bo’ladi. qabul jo’natish yo’llari yuezdlarni uchastka yoki saralash bekatlariga jo’natish va ulardan qabul qilish uchun qo’llaniladi. Saralash yo’llarida poezd tuzish ishlari bajariladi, ayrim holatlarda esa tugunning asosiy bekatlariga poezdlar jo’natish ishlari ham bajariladi.
Saralash qurilmalari ish hajmiga qarab belgilanadi. qiyalikda joylashgan strelka ko’chali tortish yo’llari sutkasiga 100 gacha vagonni qayta ishlayoladi va ortish - tushirish punkti 4 dan kam bo’lganda quriladi. Agar sutkasiga 250 gacha vagon qayta ishlansa va ortish-tushirish punktlarining soni 4 dan ko’p bo’lsa maxsus profilli tortish yo’li quriladi. Sutkasiga 250 dan ortiq vagon qayta ishlansa saralash tepaligi quriladi. Bulardan tashqari suv ta’minot qurilmalari, kanalizatsiya, yoritish, aloqa, televideniya va hujjatlarni jo’natish uchun mexanizatsiyalashtirilgan pochta (texnik va yuk idorasi orasida), vagonlarni ta’mirlash qurilmalari, turli xildagi yo’lovchi va ishchi binolari, lokomotivlarni ekipirovka qilish, vagonlarni yuvish va dezinfektsiya qilish, refrijerator poezdlarni va sektsiyalarini ekipirovka qilish, yirik hayvonlarni tashishga tayyorlash qurilmalari va boshqalar bo’ladi.
Yuk bekatsining asosiy qurilmalaridan biri bu yuk nohiyasidir. Yuk nohiyasi ishining xususiyati va hajmiga qarab ikki turda bo’lishi mumkin: umumiy turdagi ixtisoslashmagan va maxsus turdagi ixtisoslashtirilgan nohiyalar. Maxsus turdagi yuk nohiyalari faqat alohida turdagi yuklarni qayta ishlaydi.
Yuk nohiyasining texnik jihatdan jihozlanganligi ishning tavsifi va hajmiga qarab hamda qayta ishlanadigan yuklarning turiga qarab aniqlanadi. Yuk nohiyalarida mavjud bo’lishi shart bo’lgan omborlar, maydonchalar, vagon og’irligini o’lchovchi tarozlar, gabarit darvozalari, mexanizmlardan tashqari yuk bekatlarida kuzatish uchun qo’yilgan minora va boshqa yordamchi qurilmalar bo’lishi mumkin. Yuk idorasida tashish hujjatlarini rasmiylashtirish birlashgan texnik-ximat binosida bajariladi.
Yuk nohiyalari tegishli yo’l tarmoqlariga, ombor va ishchi texnik binolarga, mexanizatsiya vositalariga, aloqa va SMB qurilmalariga, yoritish qurilmalariga, elektr ta’minoti va boshqa jihozlarga ega bo’lishi lozim.
Umumiy turdagi yuk nohiyalarida donali–g’ilofli yuklar, mayda jo’natmalar uchun yopiq turdagi omborlar quriladi. Konteynerlar, o’ta og’ir yuklar, yog’och materiallari, mineral-qurilish materiallari va ko’mir uchun ochiq maydonlar quriladi. Bulardan tashqari vagondan avtotransportga yoki aksincha bevosita qayta yuklaydigan qurilmalar, o’zi yurar qismlar va g’idirakli yuklar uchun zaryadlash punktlari, ta’mirlash ustaxonalari, yoqilg’i va moylash materiallari uchun omborlar quriladi (rasm 11.1).



Rasm 11.1. Berk turdagi yuk nohiyasining chizmasi: 1-donali - g’ilofli yuklar uchun berk ombor xona; 2-konteyner maydoni; 3-og’ir yuklar va yog’och yuklari maydoni; 4-baland yo’li to’kma yuklar maydoni; 5-o’zi yurar mexanizmlarni tushirish platformasi; 6-yopishqoq qurilish materiallari ombori; 7-to’g’ridan-to’g’ri (vagon-avtomobil) qayta ortish platformasi.


Omborning eng zamonaviy va maqsadga muvofiq turi bu–angarli ombor hisoblanib uning ichki qismiga temir yo’l kiradi. Agar katta hajmda yuk qayta ishlanadigan bo’lsa temir yo’l tashqari qismida joylashgan omborga qaraganda bu turdagi omborlarni qurish arzonga tushadi. Angarli omborlarda mehnat sharoitlari juda yaxshi, yuklarning saqlanishi va yuk ortib-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga bo’lgan imkoniyat oshadi. Angarli omborlarning to’rtta turi qo’llaniladi. Ularning ichiga bittadan to to’rttagacha temir yo’l izi kirgan bo’lishi mumkin. Omborlarning uzunligi standart ravishda 72m, 144m, 216m va 288m qilib qabul qilingan.


11.3. Yuk bekatlarining namunaviy chizmalari


Yuk bekatlarining chizmalari va ularnjng joylashish o’rinlari texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, ishning miqdori va tavsifi, ajratib beriladigan hududning maydoni, topografik, geologik va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish asosida tanlanadi. Agar bekatni rivojlantirish kerak bo’lsa qurilmalardan iloji boricha to’liq foydalanish hisobga olinadi.
Yuk bekatlarida asosiy qurilmalarning joylashishi va tuzilishi vagonlar harakati oqimini, poezdar harakat havfsizligini va manyovr ishlarini amalga oshirishdagi harakat havfsizligini eng yuqori darajada ta’minlashi kerak.
Yuk bekatlarining chizmalari ko’plab shartlarga: bekat turi (berk yoki aksincha), ishning hajmi va tavsifi, ajratilgan maydon konfiguratsiyasi, korxonalarning joylashishi, bekatga ulanadigan korxona temir yo’llari, shaharning rejalashtirilishi, yuk nohiyasining turi va boshqalarga bog’liq. ­­­­­11.2 rasmda berk turdagi yuk bekatsining chizmalari ko’rsatilgan.
Ushbu chizmada yuk nohiyasi asosiy park bilan ketma-ket joylashgan. Kelgan vagonlar kichik quvvatli saralash tepaligida tarqatiladi. Vagonlarni bo’shatish uchun manyovr lokomotiv tegishli saralash parkining yo’liga boradi va vagonni olib yuk nohiyasining tegishli yo’liga qo’yadi. Yuklangan va bo’shatilgan vagonlar esa yuk nohiyasidan manyovr lokomotivi yordamida olib chiqib saralash-jo’natish parkining tegishli yo’liga qo’yiladi.
Ushbu turdagi chizmada yuk nohiyasiga vagonlarni berish va yig’ib olib chiqishdagi uzluksizlik va vagonlar yurish masofasining qisqarishi e’tiborli. Chizmaning kamchilik tomoni – keladigan poezdlarni qabul qilish, jo’natish va tarqatish operatsiyalarining bekatning bir hududida jamlanganligidadir. Chunki buning uchun katta uzunlikda maydon talab qilinadi. Bundan tashqari yuk bekatlarining yuk nohiyalari parklarga parallel joylashgan, saralash tepaligi qabul va saralash parklari oralig’ida joylashgan chizmalari mavjud.



Rasm 11.2. Berk turdagi yuk bekatsining chizmalari:
Ushbu chizmada: P–poezdlarni qabul qilish parki; S–O–saralash yo’llari, tuzish va jo’natish parki; S–bekatga keladigan vagonlarni saralash parki; GR–yuk nohiyasi; 1–texnik idora; 2–texnik xizmat ko’rsatish punkti; 3–lokomotivlarni ekipirovka qilish qurilmasi; 4–vagon og’irligini o’lchaydigan toroz; 5,6–kichik quvvatli saralash tepaligi; 7–vagonlarni ta’mirlash yo’li; 8-yuk nohiyasining o’tish yo’li; 9–korxona temir yo’lining ulanishi.

Berk turdagi yuk bekatlarining barcha chizmalarida texnik idora bekat parklari yonida, asosiy manevr nohiyasi yaqinida joylashtiriladi.
O’tuvchi ochiq turdagi yuk bekatsining asosiy chizmalari 11.3 rasmda ko’rsatilgan bo’lib, unda parklar va yuk nohiyasi o’zaro parallel joylashtirilgan. Ushbu chizmalarda ham yuk nohiyalariga xizmat ko’rsatish avvalgi berk turdagi kabi. Ammo ushbu chizmalarda bekatda bajariladigan harakatlar bekatning ikki tomon strelkali bo’g’izlari orasida taxminan birdek taqsimlanadi.
Magistral bosh yo’llarda joylashgan ko’pchilik yuk statsiyalari korxonalarga, bazalarga va omborlarga xizmat ko’rsatadi. Ayrim maxsuslashtirilmagan yuk bekatlarida ko’p sonli bosh yo’llar mavjud bo’lib vagon aylanmasi 300 ta yoki undan ko’proq bo’lishi mumkin.



Rasm 11.3. Ochiq o’tuvchi turdagi yuk bekatlarining chizmalari (belgilar avvalgi rasmdagidek): P-O - qabul-jo’natish parki.


Marshutlar jo’natiladigan va keladigan bosh yo’llar bekat bo’g’ziga shunday ulanishida quyidagilar ta’minlanishi lozim: bosh yo’ldan qabul-jo’natish parkining yo’llariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish, bosh yo’llardan bir vaqtning o’zida poezdni qabul qilish va jo’natish yoki asosiy yo’ldan poezdlarni qabul qilish va manyovr ishlarini tashkil qilish.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin