Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Yo’lovchi bekatlarining ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə60/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Yo’lovchi bekatlarining ishlash texnologiyasi muomaladagi yo’lovchi poezdlarning tabaqalanishiga qarab belgilanadi. Yo’lovchi bekatlar uzoqqa qatnovchi (tranzit va o’zidan jo’natiladigan) yo’lovchi poezdlarini, mahalliy va shaharatrof poezdlarini jo’natadi. Ushbu poezdlar bilan ishlash texnologiyasiga yo’llarning band bo’lish vaqtini maksimal qisqartirish, tarkiblarini moddiy ta’minlash (ekipirovka) va ularga xizmat ko’rsatish sarflarini kamaytirish, poezd tarkiblarning joylashishini tezlashtirish va sh.k. kiradi. Buning uchun bekatlarni shahar ichida optimal joylashtirish; yo’lovchi va texnik yo’lovchi bekatllari, ularning yirik qurilmalarini ratsional rivojlantirish; qo’l mexnatini kamaytirish; ayrim inshootlar quvvatini ilmiy asoslangan meyorlarda ta’minlash kerak bo’ladi.
Yo’lovchi bekatlari uzoqqa (olisga) qatnovchi, mahalliy va shaharatrof harakatlariga xizmat ko’rsatadigan (aksariyat bekatlar); faqat shaharatrof harakatlariga turlarga bo’linadi.
Texnik yo’lovchi bekatlar (parklar) asosiy yo’lovchi bekatning ajralmas qismi bo’lib, yo’lovchi poezdi tarkiblarini ta’mirlash va ekipirovka ta’minotini bajaradi.
Yo’lovchi bekatlarida yo’lovchilarga va yo’lovchi poezdi tarkiblariga barcha turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun: yo’lovchi binosi (vokzal) va vokzaloldi maydonlari; yo’lovchi platformalari; tonnellar va piyodalar (yo’lovchilar) uchun ko’priklar; poezdlarni qabul qilish va jo’natish yo’llari, manevr xarakatlari va vagonlarning turish yo’llari, turistik poezdlar uchun yo’llar; tarkiblarga xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va ekipirovka qilish uchun texnik bekatlar yoki parklar; lokomotiv va vagon xo’jaligi; pochta-bagaj tashishlari uchun bagaj va pochta qurilmalari; avtomatika, telemexanika, yoritish inshootlari quriladi.


12.2. Yo’lovchi bekatlarining turlari

Yo’lovchilar harakatiga xizmat ko’rsatuvchi barcha bekatlar bajaradigan vazifasiga qarab ikki turga bo’linadi: yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi yo’lovchi bekatlar va yo’lovchi poezdi tarkiblarini tayyorlash ishlarini bajaruvchi yo’lovchi texnik bekatlar.


Bajaradigan ish xarakteriga qarab yo’lovchi bekatlari ixtisoslashtirilgan, yo’lovchi va yuk poezdlar uchun birlashgan va zonaviy turlarga ajratiladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin