Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Yo’lovchi bekatlarining inshootlari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə62/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

12.3. Yo’lovchi bekatlarining inshootlari
Qabul jo’natish yo’llari va platformalar. Yo’lovchi bekatlarida yo’lovchi poezdlarini o’tkazib yuborish yoki turishi uchun qabul jo’natish yo’llari quriladi. Ular uzoqqa qatnovchi va shaharatrof poezdlariga yoki faqat bir turdagi (uzoqqa qatnovchi, mahalliy yoki shaharatrof) poezdlariga xizmat ko’rsatadi. Qabul-jo’natish yo’llari o’tkazuvchi (rasm 12.1, v, g) va berk (rasm 12.1 a, b) turda bo’lishi mumkin. O’tkazuvchi (ochiq) turdagilari asosan uzoqqa qatnovchi poezdlarga, berk turdagilari esa shaharatrof poezdlarga mo’ljallanadi. Ayrim bekatlarda yo’llar aksincha ishlatilishi ham mumkin.



Rasm 12.1. Qabul-jo’natish yo’llarning o’zaro joylashuvi: a,b-berk turdagi bekatlarda; v,g-ochiq (o’tuvchi) turdagi bekatlarda.

Yo’lovchilarning yurishlari (o’tishlari), to’planishlari va poezdlarga chiqishlari, kelgan poezdlardan tushishlari va ularning vokzal binosiga kirishlari yoki vokzal oldi maydoniga o’tishlari uchun yo’lovchi bekatlarida (asosiy va oraliq) yo’lovchi platformalari quriladi. Asosiy platformalar o’tkazuvchi yoki berk turdagi bekatlarda yo’llarning yon tomonidan qurilib yo’lovchi binosiga tutashadi. Yo’lovchi binosiga va yo’llarga ko’ndalang joylashgan (tarqatuvchi) platformalar yo’lovchi binosini barcha oraliq platformalar bilan bog’laydi.


Yo’lovchi platformalari baland va past (rasm 12.2) qilib quriladi. Baland platformalar rels kallagi ustidan 1100 mm baland quriladi. Ular yirik yo’lovchi bekatlarida qurilib yo’lovchilarni yoppasiga poezdlarga o’tkazish yoki tushirish uchun xizmat qiladi. Shaharatrof poezdlariga xizmat ko’rsatadigan bekatlarda zinasiz motorvagonli poezdlar uchun ham baland platformalar quriladi. Berk turdagi yo’lovchi bekatlarida yo’lovchilarning vokzal binosiga bir tekis o’tib ketishlari uchun ham baland platformalar quriladi. Past platformalarning sathi rels ustidan 200 mm baland quriladi.



Rasm 12.2. Yo’lovchi platformalari: a-baland; b-past; 1-rigel; 2-ustki plitalar; 3-tayanch; 4-shlak-beton; 5-asfalt-beton; 6-grunt.

Yo’lovchi platformalarining uzunligi muomaladagi yo’lovchi poezdlarning uzunligiga qarab belgilanadi, hamda kelajakda ularni 600 m gacha, shaharatrof poezdlari uchun esa 400 m gacha uzaytirish imkoniyatlari ko’zda tutiladi. Uzaytirilgan yo’lovchi poezdlarini qabul qilish uchun platforma bundan ham uzun qurilishi mumkin.


Platforma kengligi yo’lovchilar soni, yo’lovchilar oqimi xarakteriga, joylashuv o’rniga, platformalarda yordamchi qurilmalar va platformalardan chiqish joylarining soniga qarab maxsus hisoblar bilan topiladi. Asosiy yo’lovchi platformasining kengligi kamida 6 m, joy tanqis holatlarda, hamda rekonstruktsiya qilinayotgan bekatlarda yo’lovchi binosi chegarasida 5 m, qolgan qismi esa 4 m qilib quriladi. Oraliq platformalarning kengligi kamida 7 m olinadi. Platformalar soni bekatdagi yo’llar, hamda yo’llar va platformalarning o’zaro joylashuviga qarab belgilanadi.
Bekatlarda kelayotgan va jo’nab ketayotgan yo’lovchilar oqimini ajratish maqsadlarida piyodalar uchun er osti yo’laklari (tonnellar) qurilib ulardan chiqish joylari oraliq yoki tarqatuvchi platformalarda joylashadi.
Yo’lovchilarni yomg’irdan, qordan, hamda quyosh nurlaridan muhofaza qilish uchun yo’lovchi platformalari usti maxsus qoplamalar bilan yopiladi. Ular har bir platforma tepasida alohida yolg’izoyoq ustunlarga o’rnatilgan, ko’plab ustunli qilib birnecha platforma ustini berkitishi, yoki barcha yo’llar va platformalar ustini yaxlit berkitishi mumkin.
Yirik yo’lovchi bekatlarida ko’plab bagajlar (qo’l yuki) va pochta tashishlari bajariladi.
Bekatda ishlovdan o’tkaziladigan bagajlar uch tarafga ajratiladi: a) qo’l yuki (engil ko’tarib yuriladigan, engil massali va kichik o’lchamli yuklar) vokzallarda qisqa muddat saqlash uchun qoldirilishi mumkin; b) bagaj yo’lovchi tomonidan yo’l chiptasi bo’yicha yukni bagaj vagonida tashish uchun topshiriladi; v) yuk bagaj pochta bagaj poezdlarida va yo’lovchi poezdlarining bagaj vagonlarida tashish uchun topshiriladigan yuklar.
Yo’lovchi bekatlarida bagaj va pochta bilan ishlash uchun quyidagi inshootlar quriladi: bagaj omborlari, saqlash kameralari va kassalar, qayta ortuvchi platformalar, temir yo’ldagi pochtamt, ixtisoslashgan tonellar, ixtisoslashgan yo’l tarmoqlari.
Bagaj va pochta qurilmalari bekatning bir tomonidagi strelkali bo’g’iz yaqinida, yoki ikki tomoniga ajratilib, hamda texnik bekatda joylashtirilishi mumkin.
Pochta bagaj ishlari uchun yo’llar tarmoqlari bekatning tabaqasiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin:
bagaj va pochta vagonlariga alohida yoki birgalikda xizmat ko’rsatuvchi (kichik hajmda ishlovchi bekatlar) berk yo’llar; ikki, uch ayrim hollarda to’rt berk yo’llardan maxsus guruhlangan, yoki 4-10 vagon sig’adigan ochiq turdagi yo’llar;
bagaj yoki pochta omborxonalariga kiritilgan, yuqori unum bilan ishlashni ta’minlaydigan (yirik yo’lovchi bekatlarida);
qabul jo’natish yo’llaridan pochta bagaj ishlari uchun foydalanish (bekatning ravon ishlashida qiyinchilik keltirib chiqaradi). Ushbu inshoot va qurilmalarning maqbul joylashuvi va texnik jihozlanishi bekatning, vokzal va vokzal oldi maydonining o’tkazish qobiliyatini oshiradi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin