E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə229/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   236
yuqumli-kasalliklar

B serum — zardob, therapia — davolash demakdir.

  • A — zardob yuborishdan oldin 1:100 nisbatda eritilgan zardob- dan 0,1 ml teri orasiga sinama qo‘yiladi.

  • C — makrolidlar guruhiga eritromitsin, oleondomitsin va boshqa preparatlar kiradi.

  • C — tripsin va ximotripsin ferment preparatlar bo‘lib, asosan nafas yo‘llaridagi sekret (ajratma)larni suyultirish maqsadida qo‘llanadi.

  • B — gipertermiya (hyper — ko‘tarilish, termia — harorat) tana haroratining ko‘tarilishi demakdir.

  • D — disbakterioz (ichak mikroflorasining buzilishi) asosan antibiotiklarni ko‘p qo‘llash natijasida vujudga keladi.

  • C tuzli eritmalarga asesol, xlosol, disol va trisol kabi eritmalar kiradi. Glukoza tuz tarkibiga ega emas.

  • C — simptomatik davolashda ma’lum belgi (simptom) yo‘qo- tiladi. Masalan, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va hokazolar.

  • B — C vitamin — askorbinat kislota, B12 vitamin - siano- kobalamin, B1 vitamin — tiamin bromid va B6 vitamin - piridoksin gidroxlorid deyiladi.

  • D — anafilaktik shok og‘ir reaksiya turi bo‘lib, asosan antibiotiklar va oqsilli preparatlarni qo‘llaganda kuzatilishi mumkin.

  • A — eubiotiklar (kolibakterin, bifidumbakterin va lakto- bakterin) disbakteriozda ichak mikroflorasini tiklash uchun qo‘l- lanadi.

  • B — gemodez dezintoksikatsiya maqsadida qo‘llaniladigan suvli-tuzli eritma bo‘lib, intoksikatsiyani kamaytiradi va diurezni tezlashtiradi.

    Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning ovqatlanishi va ularni parvarish qilish bo‘yicha testlarning javoblari

    1. ha — 5-parhez kam energetik quvvatga ega bo‘lib, asosan jigar kasalliklarida tayinlanadi.

    2. yo‘q — aksincha uzoq vaqt yotoq rejimida bo‘lgan og‘ir bemorlarda uchraydi.

    3. ha — tozalovchi huqna orqali ichakda bo‘lgan mikroblar va toksinlar chiqariladi.

    4. B — issiqlik kaloriyalarda o‘lchanadi — 1 kg suvni 1°C gacha qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik kilokaloriya (kkal) deyiladi.

    5. C — sog‘lom odam har xil ovqatlar bilan bir sutkada o‘rtacha 3000 kkal energiya oladi.

    6. B — jigar kasalliklarida 5-parhez tayinlanadi.

    7. E — 15-parhez maxsus parhez talab qilinmaydigan kasallik­larda tayinlanadi. Uning energetik quvvati 3000—3100 kkal ga teng.

    8. D — parenteral ovqatlantirishda venaga oziqlantiruvchi suyuq- liklar yuboriladi.

    9. B — uzoq vaqt yotgan bemorlarda yotoq yaralar bo‘lmasligi va gipostatik pnevmoniyaning oldini olish uchun ular terisi doimiy parvarish qilinadi va ularning holati o‘zgartirib turiladi.

    10. C — parotit — quloq oldi bezlari yallig‘lanishi.

    11. C — uzoq vaqt yotgan og‘ir bemorlarda yotoq yaralar bilan bir qatorda gipostatik pnevmoniya uchrashi mumkin.

    12. D — qorin dam bo‘lishi (meteorizm)da gaz chiqaruvchi naycha to‘g‘ri ichakka 20—30 sm chuqurlikda kiritiladi.

    13. B — bemor mustaqil siya olmasa iliq vanna va qorin pastiga grelka qo‘yiladi, samara bo‘lmasa siydik pufagi kateterlanadi.

    14. E — 4-parhez ich ketganda va dispeptik holatlarda tayinlanadi. Yog‘lar va uglevodlar minimal fiziologik normada. Energetik quvvati 2000 kkal.

    15. E — yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar odatda to‘satdan og‘irlashishlari mumkin. Shuning uchun ularni doimiy ravishda kuzatib turish lozim.

    Ichak infeksiyalari bo‘yicha testlarning javoblari

    1. yo‘q — aksincha ko‘p suyuqlik yo‘qotish natijasida arterial bosim pasayadi.


    2. Yüklə 1,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   236




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin