uning uzunligi l ga to‘g‘ri proporsional va ko‘ndalang kesimining yuzasi S ga
teskari proporsionaldir
; Om
bu erda ρ- o‘tkazgich moddasining tabiatiga bog‘liq bo‘lgan solishtirma
qarshilik.
R ning bu qiymati yuqoridagi tenglamaga qo‘ysak quyidagi tenglamani hosil qilamiz
Solishtirma qarshilikka teskari proporsional bo‘lgan qiymatni solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi va bilan belgilanadi. Shunday qilib,
æ
Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar uchun qo‘llaniladigan tenglamalardan S
elektrodlar satxni l esa elektrodlar orasidagi masofani ifodalaydi.
Elektrolit eritmasi uchun solishtirma elektr o`tkazuvchanlik deb 1 sm2 yuzali, oralaridagi masofa 1 sm bo`lgan, ikki parallel elektrod o`rtasiga joylashtirilgan 1 sm3 elektrolit eritmasining elektr o`tkazuvchanligiga aytiladi.
Molyar elektr o’tkazuvchanlik
Elektrolitlar eritmalarida elektro`tkazuvchanlik eritma konsentratsiyasiga bog`liq ekan, elektro`tkazuvchanlikni ifodalashning yana bir turini - molyar (ekvivalent)elektr o‘tkazuvchanlik tushunchasini kiritish lozim. Molyar elektr o‘tkazuvchanlik deb,bir-biridan 1 sm masofada o`rnatilgan, ikki parallel platina elektrod orasiga joylashtirilgan, bir mol-ekvivalent elektrolit tutgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligiga aytiladi va λ (lyambda) bilan belgilanadi.
Molyar elektr o‘tkazuvchanlik solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni, hajmi sm3 ifodalangan eritmaning suyultirilganligining ko‘paytmasiga teng
Kolraush qonuniga ko’ra, cheksiz suyultirilgandagi molyar elektro’tkazuvchanlik o’zgarmas haroratda o’zgarmas kattalik bo’lib kation va anionlar xarakatchanliklarining yig’indisiga tengdir.